52
va idroklari, xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari ham yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi.
Aqli zaiflikning yengil darajasidagi bolalarning bilish faoliya-
tidagi kamchiliklar matematika darslarda ayniqsa yaqqol namoyon
bo‘ladi, negaki, eng oddiy hisoblash amallari ham abstrakt
hisoblashni talab etadi. Aqli zaiflikning yengil darajasidagi bolalar
tartib sonlarni o‘zlashtira oladilar, lekin qo‘shish va ayrish, teskari
sanash, eng oddiy masalalarni, misollarni yechishda juda qiynala-
dilar. Ular misolni mohiyatini, masalaning mazmunini va raqamli
ma’lumotlarni tushunolmaydilar. Savod o‘rgatishning dastlabki
davridayoq bu bola tovush va harflar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning
farqiga yaxshi bormay harflarni eslab qolish, bo‘g‘inlab o‘qish, tez
ravon o‘qish malakalarini o‘zlashtirishda qiynaladilar, juda ko‘p
xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi
natijasida aqli zaiflikning yengil darajasidagi bolalarning hulq-
atvorida ham bir qator kamchiliklar kuzatiladi.Qo‘zg‘alish va
tormozlanish o‘rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim
oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho‘x bo‘la-
dilar va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha,
passivlik, bo‘shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuza-
tiladi va hokazo.
Aqli zaif bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar,
hatti-harakatlarni vaziyatga qarab, adekvat o‘zgartira olmaydilar.
Ularda o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat
birmuncha sust bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan bir qator kamchilik-
larga qaramay, aqli zaif bolalar bilan to‘g‘ri tashkil etilgan maxsus
ta’lim-tarbiya ishlari natijasida korreksion pedagoglar ularni mustaqil
hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish borasida katta yutuqlarga
erishmoqdalar. Maxsus yordamchi maktablarida ta’lim-tarbiya olib
chiqqan bolalar hayotda o‘z o‘rnini topib, sanoat hamda qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishining turli sohalarida, maishiy xizmat soha-
sida faol mehnat qilib yashamoqdalar. Tarbiyachi va o‘qituvchi-
larning muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa alohida yordamga
muhtoj bolalardan ajratib, ularni iloji boricha ertaroq tegishli
muassasalarda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlab berishadi.
Dostları ilə paylaş: