Uzib tashlangan fikrlash – bunda bemor jumlalarni tо‗g‗ri quradi, ammo
mantiqiy bog‗liqlik ular orasida mavjud emas.
Inkogerent fikrlash (aloqasiz) – bunday fikrlashda gapdagi alohidagi
sо‗zlar orasida bog‗liqlik bо‗lmaydi, kо‗pincha bir sо‗zni takrorlash yuzaga keladi
(perseverasiya ).
Verbigerasiya – fikrlashning buzilishi, sо‗zlar orasidagi bog‗lanishgina
buzilib qolmasdan, balki bо‗g‗inlar orasida ham, Bemor alohida tovush va
bо‗g‗inlarni stereotip talaffuz etishi mumkin. Fikrlashning uzib tashlanganlikning
turli darajalari shizofreniya uchun xarakterli.
Nutq stereotiplari alohida sо‗zlarning qaytarilishi kо‗rinishida ifodalanishi
mumkin, shu tariqa ibora yoki gap. Bemorlar bir voqeani, latifalarni bir necha
marotaba takrorlab, gapirib berishi mumkin. (―gramafon plastinka‖ simptomi).
Ba‘zida tik turadigan aylanmalar о‗chib qolish bilan kechadi, masalan, Bemor
quyidagi iborani aytadi: ―Bosh og‗rig‗i ba‘zida meni bezovta qiladi. Bosh og‗rig‗i
ba‘zida meni... Bosh og‗rig‗i meni... Bosh og‗rig‗i... Bosh…‖. Nutq stereotiplari
shizofreniya va demensiya uchun xarakterli.
47
V BOB. XOTIRA, DIQQAT, INTELLEKT BUZILISHLARI
Ta‟rifi. Xotira – informasiyalarni eslab qolish va tо‗plash (fiksasiya), ushlab
qolish (retensiay) va qayta tiklash jarayoni. Dismneziyalar ajratiladi: gipermneziay,
gipomneziay, amneziya, siqib chiqarish kо‗rinishi; va paramneziya:
konfabulyasiyalar, psevdoreminissensiaylar, kriptomneziay lar, exomneziyalar,
palimpsestlar.
Diqqat – ob‘ektga va faolliyatga yо‗nalganlik va tо‗planganlik darajasi.
Diqqat patologiya siga turg‗un emasligi, sekinlashgan о‗zgarish, konsentrasiyaning
etarli emasligi, diqqatning defisiti kiradi.
Tarixi, norma va evolyusiyasi. Xotira faolliyatining jarayoni о‗rganish va
qayta о‗rganish xususiyatlari bilan bog‗liq. U yangi informasiyalarni qabul qilish,
ularni yig‗ish, saqlab qolish va yangilashdan iborat. Xotiraning bu xususiyatlari
butun tirik va tirik bо‗lmagan tabiat uchun xarakterlidir. Xotira bu m olamida
madani tda informasiya tashuvchilarda, jumladan kitob va kompyuterda
akkumulirlangan. Xotiraning о‗lchov birligi bо‗lib, bir bit (8 bit = 1 bayt) qabul
qilingan, u 2 turdagi informasiyani qabul qilishi mumkin: ―xa‖ (1) va ―yо‗q‖ (0).
XXI asrning boshlaridagi shaxsiy kompyuterlar 20 Gbayt ga teng informasiyani
qabul qiladilar. Xotiraning biologik ma‘nosi bо‗yicha qisqa muddatli va uzoq
muddatliga bо‗linadi. Uzoq muddatli xotira DNK strukturasida qayd etiladi, qisqa
muddatli esa – RNK strukturasida. Xotiraning mi viy tashkiloti Papes aylanasi
bilan bog‗liq. Papes aylanasiga retikulyar formasiya, mindalin va septuma qobiq,
gippokamp, gipotalamus va talamus orasidagi qayta aloqa kiradi. Taalluqli
ravishda, diqqat-e‘tiborning buzilishi asosan retikulyar formasiya bilan, xotiraning
buzilishi – qobiq, gippokamp bilan bog‗liq. Morfologik substrat sifatidagi neyronal
―iz‖ akson-aksonli aloqa bilan taqdim etilgan, shu jumladan neyron tanalari
orasidagi bog‗liqlik bilan, ularning soni о‗rganish natijasida olib boradi.
Neyromorfologik va neyrofunksiyaonal kо‗rinishning izni engramma deyiladi, u
bir lahzada aks ettirishning (imprintinga) ekstremal natijasida hosil bо‗lishi
mumkin. Bu kо‗rinish K.Lorenz tomonidan birinchi bо‗lib ochilgan, uning
ta‘kidlashicha, endigina tug‗ilgan g‗oz bolasi birinchi kо‗ringan obrazni ota-
onasidek qabul qiladi. Sut emizuvchilarda esa bolani qadrdondek tez qabul qilish
oksitosinga xos bо‗lib, u tug‗ishning oxirgi bosqichida matkaning qisilishi
natijasida ishlab chiqiladi. Senson xotira ajratiladi, u vizual taktil, olfaktor va
audial obrazlarni eslab qolish bilan bog‗liq. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga
translyasiya qilinadi, unga qaytarish jarayonlari, eslab qolishning emosional
e‘tibori, shu jumladan boshqa kо‗rinishlar orasidagi eslab qolingan pozisiyalar
yordam beradi.
|