90
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur hududda aholi shariat ta
lablariga bo‘ysunishga majbur qilinmoqda. Sud tizimi bekor
qilinib, «qozilik» joriy etilgan. Dunyoviy tashkilotlar, madani
yat maskanlarining faoliyati umuman to‘xtatilgan. Shu sababli,
«IShID»ning botil aqidalari butun dunyodagi musulmon ulamo
lari tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan.
Mazkur tashkilot o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun
zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, In
ternet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan
strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylan
gan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bun
day forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘ri
nishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning
naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Masalan, so‘nggi yillarda
Internet tizimi orqali tarqatilgan shunday fatvolardan biri, «Ni
koh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, Suriyada o‘zlaricha «jihod
qilyapmiz» deb iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish
ga, ularning jinsiy ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlat
lardan ayollar va qizlarning Suriyaga hijrat qilishlari lozimligini
ta’kidlaydi. Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihod
chilarning lagerla rida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsa
tiladi. Hatto bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chi
qishiga ham izn berilgan.
Dostları ilə paylaş: