Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalari:

Adekvatlik  barcha  talablarni  saqlagan  holda,  jumladan, 

kom munikativ muloqotni ham hisobga olib qilingan tarjimadir.

Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalariga quyi-

dagilar mansubdir:

– 

Referensial vositalar  bu  belgilar,  ma’lum  ramzlar  va 

boshqa vositalardir. Referensial vositalar asosan ilmiy adabi­

yotlar yoki tarixiy asarlarda bo‘ladi, ularni tarjima qilish jara-

yoni nisbatan oson kechadi. 

– 

Pragmatik vositalar bu so‘zlashish jarayonidagi stilistik 

va emotsional vositalar. Bu vositalar kommunikativ jarayon­



34

35

ning  yetakchisi  hisoblanadi.  Masalan,  dialoglar,  aytishuvlar, 



ichki nutq va h.k.

– 

Grammatik vositalar.  Har  bir  tarjimonga  o‘z  tilining 

grammatik  qonuniyatlari  asosida  tarjima  qilishga  yordam 

beruvchi vositalar. 

Tarjima imkon qadar original asarga yaqin va to‘g‘ri bo‘li­

shi kerak. She’riy asarlar tarjimasida ekviritmiyaga ham e’ti­

bor qilish darkor. Ekviritmiya (lotincha «to‘g‘ri ritm») – ritm 

(ohang)ni saqlagan holatda tarjima qilish demakdir.

Noto‘g‘ri tarjima noto‘g‘ri talqinni yuzaga keltiradi. Albatta, 

tarjima «qurbonlarsiz» bo‘lmaydi, ammo yuqoridagi jihatlarni 

hisobga olmaslik, tarjimani originaldan ancha uzoqlashtiradi. 

Tarjima  nazariyasiga  oid  ilmiy  kitoblarda  ko‘pincha  ИЯ, 

Пя kabi abriveaturalarga duch kelamiz: ИЯ – исходный язык 

(original tili), ПЯ – переводный язык (tarjima tili) demakdir.

Tarjima nafaqat tilshunoslik, balki adabiyotshunoslik, jum-

ladan – qiyosiy adabiyotshunoslik obyektidir. Chunki asar   ning 

o‘zi va tarjimasi qiyoslash uchun asos vazifasini ba ja radi. Tar­

jimani qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rgana-

yotgan  tadqiqotchi,  albatta,  bu  boradagi  nazariy  adabiyotlar 

bilan tanishishi, original asar va tarjimada aynan nimani qi­

yoslash kerakligini anglab yetishi kerak.

Adabiyotshunos  M.Topperning  «Tarjima  qiyosiy  ada-

biyotshunoslik  tizimida»  nomli  ilmiy  asarida  tarjimaning 

komparativistika  obyekti  sifatidagi  xususiyatlari  juda  yaxshi 

ochib berilgan

1



Bizga ma’lumki, tarjima mohiyatan kommunikatsiya (o‘za­

ro  muloqot)  va  retsepsiya  (tarjimaning  qabul  qilinishi)  kabi 

jarayonlardan iborat. Xuddi shu jarayonlar qiyosiy adabiyot­

Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000.



shunoslik uchun ham xos bo‘lib, ikkita har xil millatga man-

sub adabiy asarni taqqoslash jarayonida, albatta, bu jarayonlar 

tahlil  qilinadi.  Masalan,  Nosir  Zohid  va  amerikalik  yozuvchi 

Viktoriya  Shvabning  turlicha  nomdagi  «Qasos»  romanlarini 

o‘zbek va xorij kitobxoni bir xil qabul qiladi, bu – retsepsiya 

jarayoni. Har ikkala romanni taqqoslashga kiri shish – ikki mil­

lat, ikki madaniyat, ikki yozuvchi o‘rtasidagi kommunikatsiya. 

Demak, birgina kommunikatsiya va retsepsiya tushunchalari-

ning  mavjudli  tarjimani  qiyosiy  adabiyotshunoslik  obyekti 

sifatida o‘rganishga to‘la asos beradi. M.Topperning fikricha, 

qiyosiy adabiyotshunoslik metodo logiyasi jahon adabiyotida­

gi  turli  xil  milliy  adabiyot  namunalarini  qiyoslash  imkonini 

beradi, bu esa tarjimashunoslikka bo‘lgan e’tiborni oshiradi

1



Badiiy asar tarjimasi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadqi-

qotchi asosan quyidagi jihatlarni qiyosan o‘rganishi mumkin:

1. Original asar va tarjimaning muvofiqligi.

2. Yozuvchi va tarjimonning ijodiy individualligi.

3. Adabiy aloqa va tarjima.

4.  Asar  va  uning  retsepsiyasi  (qanday  edi,  qanday  qabul 

qilindi?).

5. Tarjima va adabiy ta’sir masalasi.

6. Janrlararo tarjima: lirik, epik, dramatik tur janrlari tar­

jimalarida o‘xshashlik va farqlar.

7.  Tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya.

8. Badiiy tarjimada lisoniy olamning qayta yaralishi muam­

mosi.

9. Yozuvchi va tarjimon mahorati va h.k. masalalar.



Yuqorida tilga olingan jihatlarning barchasida qiyosiy me-

toddan va metodologiyaning analiz, sintez, induksiya, deduk­

Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000. – C.19.




36

37

siya, modellashtirish va boshqa nazariy metodlaridan foyda-



laniladi.

Tarjima  qiyosiy  adabiyotshunoslik  obyekti  sifatida  o‘rga-

nilganda, ushbu tadqiqot xuddi boshqa komparativistik tad­

qiqotlarda bo‘lgani kabi tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, meto-

dologik, ma’naviy-g‘oyaviy mezonlar orqali baholanadi. 

Xullas, «asliyat ruhini imkon qadar to‘g‘ri va to‘la aks etti­

radigan tarjima matnini yaratish uchun tarjimon ham talantli 

badiiy so‘z ustasi, ham iste’dodli tarjimashunos olim bo‘lishi 

kerak»

1


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin