boshni orqaga tashlash kerak, pastki jag`ni oldinga tortib ochish kerak va og`izni shilliqdan, qondan, qayt
mahsulotlaridan, yot moddalaridan tozalash kerak. Bundan keyin aktiv sun`iy o‘pka ventilyatsisini «og`izdan
og`izga» yoki «og`izdan burunga» usuli bilan S-simon nay yoki portativ nafas apparat (RPA-1 yoki RDA-1,
«temirchi haltasi» yoki Amba xaltasi) boshlash kerak. Bir minutda 12 sun`iy nafas oldirish kerak.
YUrakni tashqi massaji. Sun`iy qon aylanishni yuqori effektiv usuli bo‘lib, yurakni tashqi yoki yopiq
massaji hisoblanadi. YUrakni to‘sh suyagi va umurtqa pog`onasi orasida siqib, qonni yurak bo‘shliqlaridan
yirik
tomirlarga haydash mumkin.
Dori vositalar adekvat sun`iy nafas oldirish va yurak massaji fonida o‘tkazish lozim. Adrenalinni vena
ichiga bo‘lib-bo‘lib 0,5—1 ml har 5 minutda, agar vena ichiga o‘tkazib bo‘lmasa yurak ichiga o‘tkazish kerak.
Adrenalin yurak mushaklarni tonusini kuchaytirib, uni spontan qisqarishlarini stimullaydi. Bunda yurak massaji
foyda beradi.
Dori stimullyatsiyasidan so‘ng elektrli yurak defibrillyatsiyasi ko‘rsatiladi. U impuls tok razryadi
ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Defibrillyatsiya 3,5 kU kuchlanish bilan boshlanadi, har safar 0,5 kU
oshirib, 6 kU etkaziladi. Agar razryadlar to‘plami effekt bermasa, vena ichiga novokainamid (1—3 mg/kg),
natriy bikarbonati yuboriladi. SHundan so‘ng razryadlarni yangi ko‘lami yurak faoliyati tiklanguncha yoki miya
o‘limi belgilari paydo bo‘lguncha olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: