"Fulusi adliya" ya`ni, "adolatli chaqa" nomi bilan shuxrat topgan bu yangi mis fuluslar
Movorounnaxrning barcha shaxar va qishloqlarida keng muomalaga kirib davlatning ichki
savdosini nakd pul bilan ta`minladi.
Ulug’bekning bunday isloxoti mamlakatda xunarmandchilik maxsulotlarining ichki
chakana savdosi uchun keng yo`l ochib bergan edi.
1428-29 yillardagi isloxot pul muomalasini yaxshilash. Mis tangalar qadrini oshirish
maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha samaralar berdi. Unga ko`ra 1420 yili zarb
etilgan mis tangalar zarbxonalarga topshirilib. ularning o`rniga ogirligi 1,5-2 barobar ko`p
bulgan tangalar zarb etilgan. Qulaylik uchun zarbxonalar Buxorodan tashqari Andijon. Qarshi.
Samarqand, Termiz. SHoxruxiyada xam tashkil qilingan. Natijada pulning qadri kutarilgan.
O`n beshinchi asr oxiriga kelib bo`shashib ketgan Temuriylar davlati xam iqtisodiy, xam
siyosiy jixatidan inqirozga yuz tutishi natijasida SHayboniylar boshchiligidagi o`zbeklar
tomonidan zabt etildi. Mamlakatda SHayboniylar sulolasiga asos solindi. By cylola XIV asrning
oxiriga qadar davlatni idora qilganlar.
XIV asrning 40-50 yillariga kelib SHayboniylar davlati tinimsiz o`zaro urush olib
boradigan kichik-kichik xokimlik va viloyatlarga bo`linib ketdi. Faqat 70-80 yillarda Abdulloxon
butun mamlakatni birlashtirishga muvaffak bo`ldi.
SHayboniylar xukmronligi davrida mamlakat iqtisodiyotiga ta`sir ko`rsatib, tangalar zarb
qilishda ancha o`zgarishlar qilishdi. By davrda Temuriylar davridagi zarb qilingan kumush va mis
tangalar xam mavjud edi. SHayboniylar ularni tamg’alab, qiymatini kamaytirganlaridan so`ng
mazkur tangalar savdo aloqasida yurgizila boshlandi. SHayboniylar nomi bilan yangi kumush va
mis tangalar zarb qilishda. oz miqdorda oltin tangalar zarb qilindi, faqat Abdulloxon tomonidan.
SHayboniylar zarb qilgan kumush tangalar Temuriylar davrida zarb kilingan tangalardan
farq qilgan. Lekin mis tangalar Temuriylar davrida zarb qilingan mis tangalarga o`xshash edi. Ular
ko`p xollarda chiroyli bezatilgan dinorlardan tashqari mayda mis pullar xam zarb qilganlar. Bip
dinorga oltita mis pul to`g’ri kelgan. mis pullar etiborsizlik bilan zarb qilingan. Bizgacha etib
kelgan mis pullar yozuvlari uchib ketganligi uchun yaxshi o`rganilmagan.
SHayboniylar davri tangalaridagi yozuvlar ko`p xollarda nasx yoki kufiy uslubida bitilgan.
Ba`zan tomonlardan biridagi yozuv o`rniga turli naqshlar yoki xayvon, qushlarning rasmi
berilgan.
Xayvonlar yomon tasvirlangan, xozir ularni ajratish xam qiyin. XV asrda bo`lganidek
XVII asrda xam kumush va mis tangalar ni tamg’alash uslubi davom etgan. Tangalar ilgari nima
maqsadda tamg’alangan bo`lsa, shayboniylar davrida xam tamg’alashni moxiyati xarakteri
shundayligicha qolgan.
72
By davlatda ko`plab zarbxonalar mavjud edi. Andijon, Axsi, Buxoro va boshqa
shaxarlarda tangalar zarb qilingan. Faqat Toshkent, Samarqand, Buxoro va Balxda muntazam
ravishda tangalar zarb qilingan. Xurosonni qo`lga kiritganda Xirot, Mashxad, Nishopur, Saraxs va
boshqa shaxarlarda zarb qilingan.
Bundan tashqari uncha katta bo`lmagan vaqtli zarbxonalar xam bo`lgan. XVI asrda
bunday zarbxonalar mis dinorlarga tamg’a bosish ishi bilan shug’ullanganlar. mas,: Vobkani
(Vobkent), SHavdaro va Miyonqol, Parak singari zarbxonalardir, ular shasharlarda emas, balki
uncha katta bo`lmagan axoli yashaydigan joylarda ish yuritar edilar.
Kumush tangalarga tamg’a bosish birinchidan oldin man etilgan tangalarni qaytadan
savdo muomalasiga kiritishga imkon yaratsa, ikkinchidan xazina foyda ko`rar edi. Lekin
mavjud kumush tangalar "eski" va "yangi" tangalarga bo`linar edi. O`nta eski tanga to`qqizta
yangi tangaga to`g’ri kelar edi. By xol xazina uchun boylik xisoblanar edi. SHayboniylar davlati
inqirozga yuz tutgan bir vaqtda ba`zi viloyat xukmdorlari o`z nomlari bilan kumush tangalar zarb
qilganlar. Xullas, SHayboniyxon axoli turmush darajasini yaxshilash niyatida o`tkazilgan 1507-
1509 yillardagi isloxoti natijasida u to shu vaqtgacha mavjud turli o`lchov va og’irliklardagi
tangalar o`rniga bir xil og’irlik ulchovidagi (5,2gr.) kumush va mis tangalarni joriy etadi.
BU
albatta pul savdo munosabatlarini barqarorlashtiradi. Ammo Muxammad SHayboniyxon
o`limidan keyin bir tomondan o`zaro qarama-qarshilik, ikkinchi tomondan Boburning
Samarqandni olish niyatidagi xarbiy yurishlaridagi janglar mamlakat iqtisodiy xayotiga katta zarar
bo`lib, pul qadrsizlangan. SHuning uchun xam Kuchkunchixon 1515 yildan boshlab pul
isloxotiga kirishib, faqat 1527 yilga kelib axvolni to`g’rilashga erishadi.
SHayboniylar davlati inqirozga uchragandan so`ng xokimiyat tepasiga joniylardan
Muxammad Joniy taxtga o`tirdi-XUSH asr o`rtalariga qadar xukmronlik qilganlar. Bu davr
mobaynida mamlakat iqtisodiy xayotida katta o`zgarishlar qilishgan. Ular XVII asrda kumush, mis
tangalar zarb qilganlar, 1702 yildan oltin tangalar chiqarganlar.
SHayboniylar dastlab tangalarning og’irligini bir misqol, ya`ni 4,8 gramm miqdorida
zarb qilgan bo`lsalar. 17 asrga kelib tangalarni og’irligi 4,4 grammga tushib qoldi. Joniylarning
zarb qilgan tangalari XVI asrdagi tangalardan farq qilmaydi. ular zarb qilgan kumush va oltin
tangalardagi yozuvlar nasx uslubida berilgan. XVII asrda xam kumush tangalar "eski" va "yangi"
tangalarga bo`lingan.
BU
davrdan boshlab kumush tangalar a`lo sifatli sof kumushdan
tayyorlangan. Mazkur tangalar "eski" deb e`lon qilinganidan so`ng 10% qimmatini yo`qotgan,
keyinchalik tangalarda kumush miqlori kamayib borgan. 17-asrning o`rtalarida tangalarning yarmi
kumushdan iborat bo`lgan. SHunday bo`lsa xam zarb qilingan tangalar «yangi» xisoblanib ular
yuz foiz kumushdan zarb qilingan tangalardek muomalada yuritilgan. Ammo davlat ularni «eski»
tangalar deb e`lon qilishi bilanoq tangalar yarim qimmatini yo`qotar edi.
73
Tangalarning 50% kumushdan zarb qilinayotganligiga qoniqmagan joniylar 17-
asrning oxirida kumush miqdorini 25% ga tushirdi. Mazkur tangalar xatto ko`rinishidan xam
kumush tangalarga o`xshamas edi.
18-asrning boshlariga kelib kumush tangalardagi kumush miqdori 9% ga tushib
qoldi. «Eski» tangalarni qiymati tez-tez tushib turganiligi sababli yirik savdo ishlarini olib borish
qiyinlashdi. Savdo ishlarini engillashtirish maqsadida 18-asrning boshlarida ashrafiy yoki tilla deb
nom olgan oltin tangalar zarb qilina boshlagan.
Dostları ilə paylaş: |