“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
tiyoj mavjud. Bunday ehtiyoj birinchi navbatda darsning tarkibiy qismlarini boyitishga
bo‘lgan didaktik zaruriyat sifatida kelib chiqmoqda. O‘quv materiallarining eng maq-
bul strukturasi integrallashgan didaktik model bo‘lib, unda barcha bilimlar muayyan
bloklarga ajratilgan holda konsentrizm prinsipi asosida joylashtiriladi. Bunda o‘quv
materialining bayoni bilish bosqichlari asosida hodisalarni ifodalashning to‘rt yo‘nali-
shida bayon etiladi: sifati, miqdori, mavjudligi va amaliyligi. Buning natijasida bilim-
larni alohida bloklarga ajratgan holda qismlarga ajratish imkoniyati vujudga keladi.
Bunda zarur qismlar tarkiblashtiriladi, ya’ni alohida dalillar, tushunchalar, qonunlar
shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, mazkur bloklar o‘quv materiallarini qisman
bayon qilish xarakteriga ega emas. Bu esa o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan
to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
konsentrizm prinsipiga asoslanib o‘quv materialini tizimlashtirishda o‘quv das-
turlari, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari orasida mantiqiy aloqadorlik va izchillikni
ta’minlash imkoniyati kengayishini asoslash mumkin. O‘quv materiallarini bayon qilish
va o‘quv vazifalarini qo‘yishda ham konsentrizm prinsipiga tayanish lozim.
konsentrizm prinsipi oldin o‘rganilgan o‘quv materialiga qaytadan murojaat etish
hamda uni asta-sekin chuqurlashtirish va kengaytirish orqali o‘quv materialini tanlash
va kiritishni nazarda tutadi. konsentrizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari
barcha dalillarni yaxlit qamrab olish imkonini beradi. Didaktik birliklarni yiriklashtirish
va konsentrlarga jamlash asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishini kafolatlay-
digan ta’lim texnologiyasini qo‘llash uchun keng yo‘l ochiladi, ya’ni o‘quvchida axborot-
larni qayta ishlash ong osti mexanizmlarining faollashuvi, aqliy operasiyalarning muay-
yan makon va zamonda yaqinlashishi, dalillarga asoslangan mantiqiy qismlar va ijobiy
hissiyotlarning o‘zaro ta’siri tufayli amalga oshadi.
Mazkur konsentrlardan DTSlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlari va darsliklar-
ning yangi avlodini yaratishda o‘quv materiallarini tizimlashtirishda keng foydalanish
tavsiya etiladi. yangi avlod darsliklarini yaratishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
uning ergonomik talablarga to‘liq javob berishini ta’minlashdan iborat. Ergonomik ta-
lablar o‘quvchiga darslikning o‘quv materialini idrok etishi qulay bo‘lishi, yosh va psixo-
logik xususiyatlarini hisobga olgan holda, tushunarli va oson o‘zlashtirish imkoniyati-
ning hosil qilinishidir. Bunda darsliklarning maqsadi ham “davlat ta’lim standartlari va
tasdiqlangan o‘quv reja hamda dasturlari asosida, tizimlashtirilgan, didaktik va metodik
jihatdan mukammal ishlab chiqilgan o‘quv materiallarini taqdim etish orqali ta’lim maz-
munini ochib berishdan iborat”.
konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materialini tizimlashtirishning ahamiyati zarur
axborotning o‘quv materialiga umumlashgan holda kiritilishi imkoniyati yuzaga kelishi-
dan iboratdir. Bunday o‘quv materiali ixtiyoriy o‘quvchi uchun mo‘ljallangan, ammo uni
bosqichli taqdim etish talab etiladi.
O‘quv materialini tanlash va uni tizimlashtirishda quyidagi yondashuvlarga taya-
nish zarur: barcha axborotni bir yerda jamlash va uni o‘quv materiali sifatida taqdim
etish; o‘quv topshiriqlarining hajmini kengaytirish va ularning joylashuvi (kiritilishi) ket-
ma-ketligini belgilash; dastlab, tayanch axborot bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlar kel-
tiriladi va bunda ularning turlarini ajratish talab etiladi; o‘quvchilar diqqatlarini jamlab
tayanch qoidalarni tushunadilar; bunda o‘quvchilarda ikkinchi darajali (asosiy bo‘lma-
gan) yondashuvni ajratish ko‘nikmasi rivojlanadi
3
. Mazkur o‘quv topshiriqlarini bajarish
3
осмоловская И.М., Иванова е.о. Дидактические основания отбора учебного материала
в учебники нового поколения // Новое в психолого-педагогических исследованиях. 2015. – №
3. – C.82-92.
107
jarayonida o‘quvchilarning diqqatlari taqsimlanadi, ular o‘z faoliyatlarini ongli ravishda
rejalashtiradilar va uni boshqaradilar.
O‘quv axborotini tizimlashtirishning asosiy sharti – axborotni (ma’lumotni) mod-
diylashtirish. axborotni izchil joylashtirishda ikki o‘zaro qarama-qarshi holatlarni ko‘zda
tutish zarur: bir tomondan, barcha axborotni bir yerda jamlash lozim; ikkinchi tomon-
dan, axborotning tahlili umuman olganda ma’lum yuklamani talab etadi. Bu holatda
o‘quvchilar uni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shuning uchun qo‘shim-
cha topshiriqlar sonini qisqartirishga to‘g‘ri keladi. ko‘rsatilgan qiyinchiliklarni yengish
uchun barcha axborotni o‘quv materiali shaklida qismlar (bo‘limlar) bo‘yicha taqdim
etish maqsadga muvofiq.
O‘quv materiallarini o‘quvchilarning real o‘qish imkoniyatlariga moslash uchun
ta’lim mazmuniga berilgan didaktik ishlanmalar aniqlashtiriladi: o‘quv materiallari va
o‘quv topshiriqlari; o‘quv topshirig‘i va mustaqil ishlar; o‘quv topshirig‘i va mashqlar.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ixtiyoriy faoliyat chuqur mulohazalar, axborotni faol o‘z-
lashtirish, murakkab operatsiyalarni sifatli bajarish, o‘quvchilar diqqatlarini jamlashni
talab etadi. O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi u o‘quvchilarning diqqatlarini o‘quv
muammosida jamlay olishiga bog‘liq. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘z diqqat-
larini rejalashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim.
O‘quvchilarning aqliy faoliyatlarining jihatlari quyidagilarda ifodalanadi: o‘quv-
chilar diqqatlarini o‘quv materiallarini umumlashtirishga qaratish, ular yordamida
o‘quvchilarning diqqatlari jamlanadi va onglari rivojlanadi. Mazkur o‘quv materialla-
rida obyekt, hodisa, isbotlarni ajratish zarur. Mazkur material o‘quvchilar tomonidan
umumlashgan ko‘rinishda xatti-harakat va uning natijasi sifatida idrok etiladi. Bunda
o‘quv materialining strukturalashtirilishi diqqatni taqsimlash usuli yordamida amal-
ga oshiriladi. Barcha obyektlar yoki isbotlar guruhi o‘quvchining ongi bilan nazorat
qilinishi orqali diqqatni muvofiqlashtirish (yaqinlashtirish) muhim ahamiyatga ega.
Diqqatni dalillardan uzoqlashtirish (chalg‘itish) o‘quvchilarning ong osti xususiyatlari
bilan bog‘liq. Bunday holatda o‘quvchilarning xotiralarida faqatgina axborotning o‘zi
saqlanib qoladi.
O‘quv materiallarini tizimlashtirish o‘quvchilarga diqqatlarini asosiy qoidalarga qa-
ratish va axborot (matn) bilan ishlash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. O‘quv-
chilarga amaliy ishlar davomida o‘z diqqatlarini boshqarishlarida quyidagi usullar yor-
dam berishi mumkin:
1. Diqqatni jamlash, uning taqsimlanishi o‘quvchilarga eng asosiy fikrlarni (birin-
chi darajali qoidalar) ajratish imkonini beradi. Bu o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘z-
lashtirish va uni xotirada saqlashga yordam beradi. Masalan, ona tili darslarida oldin
o‘zlashtirilgan bilimlar, tabiiy mavjud bo‘lgan til malakalari va tashqi tayanch materi-
allardan foydalanish mumkin. Ularga verbal xususiyatdagi o‘quv materiallari (rejalar,
tayanch so‘zlar yoki belgilar, mantiqiy sxemalar), turli ko‘rinishdagi jadvallar (o‘quv
materialining rejasi, diagrammalar, sxemalar, chizmalar, statistik, xronologik jadvallar),
illyustratsiyali ifodalar (rasmlar, suratlar, plakatlar, rasmli grafiklar) va boshqalar kiradi.
Tayanch o‘quv materiali joylashuvining qat’iy tartibi bevosita o‘quvchilarning diqqatla-
rini markazlashtirish va uni boshqarish mexanizmlari bilan bog‘liq. Tayanch qoidalar
tizimlashtirish usulining asosiy manbai hisoblanadi.
2. O‘quv materiallarini tizimlashtirish. O‘quv materialini loyihalashtirish va uning
tasniflanishi barcha komponentlarning aniq mantiqiy ketma-ketlikda joylashishi u ch un
sharoit yaratadi, ya’ni materiallar tizimlilik tamoyili asosida joylashtiriladi. Shunga
|