166
milliy g‘oya va mafkura masalasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni, bugungi
murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va
baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, ularning aholi turlari qatlamlariga ta‘sirini
o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va
mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
xalqimizning ko‘p asrlik ma‘naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va
hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma‘naviy jihatdan qaram etishga
qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish bo‘yicha ilmiy-
amaliy dasturlarni ishlab chiqish;
fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini
mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma‘naviy
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar
insonlar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada
ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy
axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat
tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida e‘tibor
qaratish;
o‘z faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy
materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, Respublika
Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining nashr organlari — «Tafakkur» va «Jahon
adabiyoti» jurnallari, «Ma‘naviyat» nashriyoti orqali muntazam ravishda chop etib,
keng jamoatchilikka yetkazish.
5. Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat» markazi Respublika Ma‘naviyat va
ma‘rifat kengashining amaliy targ‘ibot yo‘nalishida faoliyat olib boriladigan Respublika
Ma‘naviyat targ‘ibot markaziga aylantirilsin.
Quyidagilar Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazining asosiy vazifalari etib
belgilansin:
Ma‘naviyatning ma‘no-mohiyati, milliy ma‘naviyatimizning qadimiy ildizlari
noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq
maqsadga qaratilgan targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda
olib borish;
aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va
sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash milliy urf-odat, an‘ana va
qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama olib borishga
yo‘naltirilgan suhbat va
uchrashuvlar, ma‘rifiy tadbirlar o‘tkazish;
bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari,
keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat
dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi
qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli
maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da‘vat etish, olimlar
siyosatini va mutaxassislar, ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ‘ibot
tizimini yo‘lga qo‘yish;
ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy g‘urur, komil inson tarbiyasi bilan
bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta‘sirchan usul va uslublar
orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari
167
bilan uzviy holda rivojlantirish, targ‘ibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar
uyg‘unligi asosida tashkil etish;
yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning
ibratli hayoti, qutlug‘ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-
ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi,
millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha ma‘naviy-
ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish.
6. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi 15 kun muddatda Milliy g‘oya
va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazining
dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Toshkent shahar hokimligi Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazi, Milliy
g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda «Tafakkur» jurnali tahririyatini
Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Milliy g‘oya va mafkura
ilmiy-amaliy markazini xizmat telefonlari, jumladan, hukumat telefoni, internet, boshqa
aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda ta‘minlansin.
9. Moliya vazirligi:
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faoliyatini moliyalashtirish, uni
zarur idoraviy jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan
ta‘minlash, markazning ilmiy-tadqiqot natijalari, dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi
kitob, risola, dastur, qo‘llanma va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etish bilan
bog‘liq xarajatlar uchun 2007 yildan boshlab davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishini
ko‘zda tutsin;
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi uchun bitta yengil avtomobilga
limit ajratsin.
10. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi Adliya vazirligiga hamda
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda amaldagi
qonun hujjatlariga qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: