694
kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni yumshatish;
xalqaro terrorizmga va giyohvandlikka qarshi kurashish kabi muammolarni
birgalikda hal qilish masalasi milliy xo‘jaliklarni jahon xo‘jaligiga birlashishni
zarur qilib qo‘ymoqda. Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik bilan shakllanishini, uning
rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda yanada ravshanroq ko‘rinadi.
Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud.
Ularning ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida
esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining
to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon
qilamiz.
Dostları ilə paylaş: