292
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va
biznes xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari
to‘g‘risida ko‘plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda.
Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin
qilinmoqda. Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu
mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi
asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng
tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishida uch
bosqich ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar
shartli ravishda ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: