119
-
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
-
aktsiz solig‘i;
-
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
-
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:
-
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
-
transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq;
-
mol-mulk solig‘i;
-
yer solig‘i;
-
yagona yer solig‘i;
-
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo
qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
3) yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek
chet davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar.
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi
ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining element-
laridan biri bo‘lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik
va jismoniy shaxslarga
tegishli bo‘lgan daromadlar va jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi
natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan
mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Byudjet-
ning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo‘lish shakli davlat byudjetiga tushuv-
chi turli soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalarning harakatida namoyon
bo‘ladi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan
yalpi ichki mahsulotda
davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi,
u yoki bu davrda
120
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa
va boshqa vazifalar
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to‘planadigan
mablag‘larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: