295
ta’minlash va shu asosda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar
miqdorlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, aholining hayoti darajasi va sifatini
oshirish;
−
ta’lim, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini, shu jumladan
onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish, oila institutini
mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari
va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning hayotda munosib o‘ringa ega
bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirishva Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi
“Aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli qarori
126
qabul qilindi. Bir qator idora va
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan aholining kam ta’minlangan qatlamini
2017–2018-yillarda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hududiy manzilli
dasturlari ma’qullandi.
Ushbu hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) mehnat bilan bandlikning ma’lum bir turlari bilan shug‘ullanish istagida
bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilasini o‘ziga etarliligini
ta’minlovchi mikrokreditlar tijorat banklarining imtiyozli kreditlash maxsus fondi
mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
−
tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati
uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat
bilan bandlikni ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish uchun;
−
shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (mini-issiqxonalar barpo etish,
chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik
inventarlari va asboblari xarid qilish) va uy joy ta’miri uchun;
b) og‘ir uy-joy va maishiy sharoitlarda yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan,
nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga quyidagi maqsadlarda beg‘araz yordam
ko‘rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: