63
- bozorning aniq sharoitlari (monopoliyalashish darajasi, egiluvchanlik,
xaridorlar doirasi);
- sotilayotgan mahsulotning holati (yangilik darajasi, boshqa tovarlar
bilan o‘zaro almashinilinishi, patentlik himoyalanganlik darajasi).
- firmaning tarmoqdagi ahvoli (yetakchi yoki yetakchilikka da’vogar).
Narxni belgilar ekan, sotuvchi xaridorning narxni ruhiy-psixologik
qabul qilish darajasini ham, albatta hisobga olishi kerak.
Firmalar standart yoki shaklini o‘zgartiruvchi narxlar siyosatini olib
borishadi.
Standart
baholar – shunday baholarki, ular uzoq vaqt davomida
o‘zgarmasdan qoladilar. Standart narxlar qo‘llanilayotgan holatda, agar fir-
maning xarajatlari oshib ketgan bo‘lsa, u narxni oshirishdan ko‘ra, o‘rash
(upakovka)dagi mahsulotni miqdorini kamaytirishni afzal deb biladi.
Shaklni o‘zgartiruvchi narxlar siyosati qo‘llanilganida narxlar xarajatlar,
talab, raqobatchilarning narxlardagi o‘zgarishlarga javob beradilar, ularga
qarab o‘zgaradilar.
Dostları ilə paylaş: