402
9.22- rasm. Android 10 OTning ishchi stoli
Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan
hamkorlikda o‘zining “Google Nexus” moslamalarini Android OT
ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‘lib yangi
versiyalarda chiqadi.
Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa
moslamalarga ham o‘rnatiladi. Masalan, 2009yilda sotuvga Androidda
ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011yilda Blue Sky kompaniyasi
Android OT ostidagi “aqlli” iWatch soatlarini chiqardi. 2012yil
avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani
namoyish etdi. “Google Nexus” seriyasida smartfon va planshetlardan
tashqari Android ostidagi Nexus mediapleeri mavjud. Shu bilan birga
Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
2012yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj
Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3
mln.ga ko‘payayotgani haqida xabar berdi.
Dostları ilə paylaş: