279
Umumta’lim maktabida о‘qituvchilarning metodik
ishlari jamoaviy ishlar
bilan birga olib boriladi. Jamoaviy metodik ishlardan eng muhimi fanlar bо‘yicha
tashkil etiladigan metod birlashmalardir. Metod birlashmalarda kо‘riladigan
masalalar quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
1) yangi о‘quv dasturi, darslik, qо‘llanma va uslubiy ishlanmalarni о‘rganish;
2) metodik yо‘riqnoma va buyruqlarni о‘rganish, ularni amalga oshirish
yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;
3) о‘quv-ishlab chiqarish ishlarini, о‘quv-texnik hujjatlarini, turli ishlar uchun
vaqt meyorlarini, о‘quvchilarning ish о‘rinlarini tashkil etish va jihozlash
masalalarini muhokama qilish;
4) о‘quv dasturi mavzularini о‘rganish
metodlarini muhokama qilish,
tekshirish ishlarini va malakalarini belgilashni tashkil etish;
5) ochiq darslar о‘tkazish va natijalarini muhokama qilish;
6) о‘qituvchilarning sinflaridagi tarbiyaviy ishlari, darsdan tashqari ishlarini
bajarish metodikasi;
7) о‘qituvchining ta’lim-tarbiya ishlariga doir tajribalari, о‘quvchilar bilan fan
va texnika yutuqlarini, ilg‘or mehnat qoidalarini о‘rganish
kabi masalalar
tо‘g‘risidagi axborotlari.
Pedagogik kengash umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining
jamoaviy rahbaridir. Bu kengash о‘quv-uslubiy va tashkiliy-xо‘jalik ishlariga
rahbarlik qilishda direktorga yordam beradi; kengash о‘z
ishini direktor
rahbarligida olib boradi. Pedagogik kengash quyidagi masalalar bilan shug‘llanadi:
1)
maktabning yarim yillik, о‘quv ishlarining yakunlarini, shuningdek,
malaka imtixonlari natijalarini muhokama qiladi;
2) о‘qituvchilarning
malakasini oshirish, qayta tayyorlash tadbirlarini
belgilaydi, о‘qituvchilarning о‘z ish tajribasi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;
3) о‘quv guruhlarida darslarning о‘zlashtirilishi, darsga qatnashish, usta va
о‘qituvchilarning о‘quvchilar bilan olib boradigan
tarbiyaviy ishlariga doir
masalalarni kо‘radi;
280
4) о‘quv reja va dasturlarining bajarilishi va boshqa shu kabi masalalarni
kо‘radi.
О‘qituvchilarning texnik va pedagogik malakalarini oshirishning jamoaviy
shakllari seminar-trening, pedagogik о‘qishlar va boshqa shakllari bо‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: