113
9-BOB. MOBIL ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR
9.1. Mobil robototexnik tizimlarning vazifalar
Mobil
robototexnik
tizimlar
(MRT)
o‘z navbatida avtomatik
boshqariladigan qo‘zg‘aluvchan ob’ektlarni bildiradi.
MRTlar
harakat
marshruti
programmasidan
tashqari
mo‘ljalni
programmalashtirilgan avtomatik adreslash imkoniyatiga ham egadirlar. Buning
ustiga avtomatik ravishda yuklanishlari va yuklarni tushirishlari mumkin [2, 4].
Ishlab chiqarish (sanoat) sexlarida ular detallar va instrument (asbob) larni
stanoklarga va stanoklardan omborlargacha avtomatik ravishda tashish uchun
xizmat qiladilar. Bunday MRTlar namunasi o‘rnida robokaralarni
keltirish
mumkin.
Bunday qo‘zg‘aluvchan sistemalarda
manipulyatsion mexanizmlar
o‘rnatilishi mumkin. Bu turdagi sistemalar (mexanizm)larga xalq xo‘jaligining
turli tarmoqlaridagi moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlar
tarkibidagi avtomatlashtirilgan omborlarga xizmat ko‘rsatadigan harakatlanuvchi
qurilmalar kiritilishi mumkin.
MRTning umumiy ko‘rinishdagi sxemasi 9.1 - rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: