56
pastga tushishi orqali ta’minlanadi. Qovurg‘alarning ko‘tarilishi
bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo muskullarning qisqarishi natijasida
yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari
qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu harakatlar natijasida ko‘krak
qafasining hajmi kattalashadi, o‘pka kengayadi va tashqi muhitdan
o‘pkaga havo so‘rib olinadi.
Nafas chiqarish harakati ichki qovurg‘alararo va qorin mus-
kullarining qisqarishi orqali ta’minlanadi. Ichki qovurg‘alararo
muskullar qisqarganda qovurg‘alar pastga tushadi, qorin mus-
kullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko‘tariladi. Natijada ko‘krak
qafasining hajmi kichrayib, o‘pkalarning torayishiga va ulardagi
havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: