154
(bo‘sh joy), peshana va tepa suyaklari o‘rtasida
katta liqildoq
bo‘ladi.
Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot
qilish kerak (83-rasm).
D vitamini yetishmasa, bola suyaklarining shakllanishi buziladi,
liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi.
Suyaklar yumshab egiluvchan bo‘lib qoladi.
Chaqaloqning umurtqa pog‘onasi tekis bo‘ladi, ya’ni unda
fiziologik egriliklar bo‘lmaydi. U 8—10 haftalik bo‘lganda, boshini
tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida oldinga
egilish hosil bo‘ladi. Bola 5 oyligida o‘tira boshlaydi va uning umurtqa
pog‘onasi ko‘krak qismida orqaga egilma hosil bo‘ladi. Bir yoshga
kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon
egilma hosil bo‘ladi (84- rasm).
Dostları ilə paylaş: