International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org June 8 th 2022 99 Boladagi g‘oyaviy dunyoqarash kichik yoshdanoq hamma fanlarni o‘rganish orqali shakllanib boradi. Fan
asoslarini o‘rganish albatta, tabiat va jamiyat integratsiyasi asosidagi umumiy tasavvurlarning shakllanishi
uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu ma’lumotlar asosida chiqariladigan xulosalar dunyoqarash elementlari
vazifasini bajaradi.
Olib borilgan tahlillar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ilmiy dunyoqarashni shaklantirish maktabgacha tarbiya,
maktabda boshlanishi va rivojlantirilishi lozim. Har bir bola eng kichik yoshdan boshlab, yoshiga mos,
yaxlitlangan dunyoqarashga ega bo‘lishi va rivojlanib borishi o‘qituvchining o‘quvchi shaxsiy traektoriyasini
belgilab berishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni
o‘rgatish jarayonida mustahkam zamin tayyorlanadi. Barcha fanlar o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarida
o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga tarbiyaviy yo‘nalishni singdirishi, ayniqsa, ilmiy-g‘oyaviy imkoniyatini ochish
vazifasi turadi. Bolaning ma’naviy ehtiyojlaridan biri bilishga intilishdir, bolalarda bu ehtiyoj atrofdagi narsa-
buyumlar, umuman, atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatishda qoplanadi. Darsning g‘oyaviy saviyasi
o‘quvchiga taqdim qilinadigan bilimlar hozirgi zamon dalillariga muvofiq va milliy xalq ma’rifatparvarligi
nuqtai nazaridan bayon qilish, shu bilimlar orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
tushuniladi. Dastlab, tarixiy materiallar tarkibida mavjud bo‘lgan hikoya, afsona, ertak va masallardan o‘rinli
foydalanish talab etiladi. Bunga shu yoshdagi bolaning uyda va maktabda shug‘ullanadigan asosiy faoliyati
bo‘lgan o‘qish, muomala, o‘yin, mehnat yordam beradi. Bola yetti yoshga to‘lguncha ma’lum bir ob’yekt va
hodisalar haqida faqat reproduktiv va idrok etib bo‘lmaydigan timsollarni payqashi mumkin. O‘qishga kelishi
bilan bola shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadigan tengdoshlari, o‘qituvchilar, maktab o‘quv qo‘llanmalari
orqali katta yo‘l ochiladi. O‘qish hisobigan ommaviy axborot vositalari orqali undagi aloqalar kengaya boradi,
unga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadigan axborot oqimi kengayadi. Bola maktabga borishi munosabati
bilan oilaning tarbiyaviy yo‘nalishiga maktab ham katta yordam beruvchi sub’yektga aylanadi. Bolaning vaqti
oiladan tashqari tengqurlari davrasida, o‘quv mashg‘ulotlarida, o‘qituvchilar bilan turli vaziyatlarda muomala
–munosabat holatida kechadi. Boshlang‘ich sinflarda bolaga oila bilan maktabning ta’siri deyarli bir xil
bo‘ladi, shu sababli bu har ikki sub’yekt ham o‘z faoliyati davomida tarixiy materiallardan foydalanish orqali
ta’lim va tarbiyaviy tizimni yanada mustahkamlasa, bolaning ilmiy-g‘oyaviy dunyoqarashi shakllanib boradi.
Maktab o‘qituvchisi o‘z bilimi va imkoniyatlariga muvofiq o‘quvchilarga halq orasida hurmatga sazovor
bo‘lgan olimlar, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlarning faoliyatini, ularning fanlar tarixiga qo‘shgan hissasi va
g‘oyalari bilan tanishtirib borishi o‘quvchilarning fanga qiziqishini ortishiga hamda Vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllanishiga olib keladi. O‘rta Osiyoda yashab ijod qilgan Farobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Hakim va
Sobir Termiziylar, Rudakiy kabi mutafakkirlar o‘zlarining butun ijodiy faoilyatlarini Vatanda ilm-ma’rifatni
rivojlantirishga bag‘ishlagan. Ularning boy merosini bolaga kichik yoshdanoq tanishtirish bolaning milliy o‘z-
o‘zni anglashiga yordam beradi. Milliy o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy his
tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. O‘zlikni anglash millatning tarixi, madaniyati, urf-odati va an’analarini har
taraflama chuqur bilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbek millatining tarixiy tarkib topshii, millat
ma’naviyati, til, fan, din, ma’naviyat, turmush tarzi, tarixiy obidalari milliy o‘zlikni yanada rivojlantirishga
yordam beradi. Shu sababli maktabda fanlarni o‘qitish jarayonlarida milliy o‘zlikni anglatuvchi asosiy
yo‘nalishlarga to‘htalib o‘tish lozim. Xalq og‘zaki ijodidagi muayyan fanlarga oid tushunchalarni
tarbiyalovchi omillar, mutafakkir olimlar hayot tarzining tarixiy ongni shakllanishiga ta’siri, jumladan, tarixiy
lavhalar, ularning fan ravnaqiga qo‘shgan hissasi, qadimiy obidalar orqali tarixiy tushunchalarni yanada
boyitish va muayyan fanlarni o‘qitish tizimiga singdirish, madrasalar, minora va tarixiy obidalar qurilishining
turli shakllardan iboratligi va o‘ziga xosligiga asoslanilishi o‘quvchida tarixiy ongning shakllanishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi.