64
651-yili arablar Marv shahrini, so‘ngra
hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning
shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmaniston-
dan to Amudaryogacha bo‘ lgan hududlarni istilo qiladi.
Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning
markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish
uchun maxsus noib tayinlanib, uning qarorgohi Marv-
da edi.
Arablar Xurosonda o‘rnashib olgach, Amudaryo
-
dan shimolda joy lashgan boy viloyatlarni zabt etishga
tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlarni arablar Movaroun
-
nahr, ya’ni «daryoning narigi tomoni» deb atadilar.
Arab qo‘mondonlari Vizantiya va Eron bilan bo‘l
-
gan urushlar tajribasi asosida avval Movarounnahr
-
dagi vaziyatni o‘rgandilar va 654-yildagina Amudaryo
o‘ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Arab
-
larning yengil va og‘ir yaroqlar bilan qurollangan kuch-
li otliq qo‘shini asosini arab qabilalari vakillari, piyoda
qo‘shinlar tarkibini esa zabt etilgan xalqlar vakillari
tash kil etgan.
Movarounnahrga ilk bor hujum lar 654-yil
-
da Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan
bosh lanadi. 673-yilning kuzida arab
qo‘shinlari Amu daryodan kechib
o‘tib, Buxoro hududiga bostirib
kiradi. Poy kand va Romitan
-
ni egallab, Marvga qaytadilar.
Yo‘l-yo‘lakay Termiz shahri
ham egallanadi.
VIII asr boshlarida arablar
Movaroun nahr hududini to‘liq bosib
olishga kiri shadilar.
Xuroson noibi Qutayba ibn Mus
-
lim 705-715-yillar davomida Cha-
g‘oniyon, Poy kand , Buxoro, Nax shab, Kesh, Xorazm,
Samarqand, Choch va Farg‘onani bosib oladi.
Dostları ilə paylaş: