tovar
tarozilari;
avtomobil
tarozilari;
ba’zi
hollarda
esa
vagon
tarozilaridan
foydalaniladi.
Umum maqsadda foydalaniladigan
tovar tarozilari
– alohida partiyali tarali va
donali yuklarni o‘lchashda qo‘llaniladi
Avtomobil va vagon tarozilari
– asosan yuklar avtomobil transporti bilan
birgalikda o‘lchanadi.avtomobil tarozilari elevatorlarda, shakar, paxta zavodlarida,
meva- sabzovotlar saqlash joylarida va shunga o‘xshash joylarda keng qo‘llaniladi.
Yuk og‘irligini o‘lchash uchun avtomobil ukki marta o‘lchanadi:
Jo‘natishda
– avval avtomobil yuksiz, keyin yuk bilan o‘lchanadi.
Qabul qilishda
– avval avtomobil yuk bilan, keyin yuksiz o‘lchanadi. O‘lchash
natijalaridagi farq ikkala holda ham yukning vaznini ko‘rsatadi. Standartlarga mos
ravishda quyidagi avtomobil tarozilari ishlab chiqarilgan.
A-10; a-25m; a-25b; a-50; a-100;
Ularning yuk ko‘tarish qobiliyati : 10; 25; 50; 100 tonna
Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab
elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni
o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek
yuklarni qayta ishlash va iste’molchilargataqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik
inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan
qurilmalar, texnologik echimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi,
qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga
kiradi. Shu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning
elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimidaasosiy va texnik talablarni
shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni
belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi.
Shu boisdan omborlar alohida emas, balki logistik zanjirning tarkibiy qismi
sifatida qqaralishi lozim. Faqat shunday yondoshuv orqali omborlarni o‘zining asosiy
fuknsiyalarini samarali bajarishini vayuqori darajadagi samardorlikka erishish
mumkin.
559
Shu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko‘rsatkichlari bir-
biridan anchav farq qiladi, zero ularning elementlari va o‘zining tuzilmasi o‘zaro
bog‘liq bo‘ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
barcha omillarni to‘liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga
amal qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash
va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol
bo‘ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim, ya’ni
sarmoya sarflash bilan bog‘liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi
rasm bo‘lgan ana’na va texnik imokniyatlardan emas balki ratsional ravishda
maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim.
Omborlarning asosiy vazifasi
– zahiralarni to‘plash, ularni saqlash va
iste’molchi buyurtmalarini uzo‘luksiz va ritmik ravishda ta’minlanishiga erishish.
Logisika konsepsiyasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi va transport, transport va
iste’molchi o‘rtasida doimo ishlab chiqarishning notekis sikllarini tekislashga xizmat
qiladigan, turlicha transportni iste’mol qiladigan va foydalanadigan omborlar
ob’ektlari bo‘lishi lozim.
Shu boisdan moddiy oqimlarni logistik zanjirlarda ishlab chiqaruvchidan to
iste’molchiga qadar harakati jarayonlarida turlicha saqlashva qayta ishlash, moddiy
oqimlar shakli va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiruvchiob’ektlarining ta’sirini hisobga olish
darkor.
Makrologistik darajada shu tarmoq tizimi davlat tassarufidagi milliy,
mintaqaviy, xududiy va xo‘jaliklararo va texnologik o‘rin tutdigan omborlar xo‘jaligi
o‘z ichiga oladi.
Omborlar ob’ektlarida moddiy oqimlar dinamik ko‘rinishdan statik ko‘rinishga
qayta o‘tadi va uning teskarisi. Bundan tashqari, saqlash tizimida va moddiy
oqimlarni qayta ishlashda bitta ko‘rsatkich kiritilib, ikkinchi ko‘rstakich chiqariladi.
Ko‘rsatkichlar sifatida kuchlanish, quvvat, ritm, moddiy oqimlar tizimi, hamda
mahsulotning turi va o‘rash usuli, transport yuklari to‘plami va h.k. E’tirof etiladi.
Logistik tizimga ayniqsa omborlar tizimiga kiruvchi yuklarni saqlash va ularni
qayta ishlash tizimi tuzilsmasi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi:
– ishlab chiqarish hajmi va masshtablari (sotish);
– tayyorlanayotgan, sotilayotgan yoki iste’mol qilinayotgan mahsulot
turlari;
– ishlab chiqarish (savdo-sotiq)ni ixtisoslashuvi va koorperatsiyasi
darajasi;
– moddiy oqimlarni vujudga kelish texnologiyalari (tranzit yoki
omborlarda)
– ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa faoliyatning o‘ziga xos
xususiyatlari;
– omborlarni mexnizatsiyalashtirish va texnik jixozlash darajasi.
560
Yuklarni saqlash va qayta ishlash tizimlari (tizim osti) va ixtisoslashgan
logistik komplekslarda hamda sanoat korxonalarida quyidagi turdagi omborlarni o‘z
ichiga olishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |