Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

kesik tarkibli jinoyat
(bosqinchilik, zo‘rlash va boshq.). 
To‘xtatilgan 
jinoyat ham jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan 
deb hisoblanadi. Mazkur moddaga muvofiq, jinoiy harakat o‘zining 
moddiy ifodasiga ko‘ra va subyekt qabul qilinishi jihatidan tugallanmagan 
bo‘lsa, to‘xtatilgan jinoyat deb baholanadi.
Amaldagi qonun to‘xtatilgan jinoyatning ikki shaklini ko‘rsatadi: 
– qilmish shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtatiladi. Bu 
shaxsning jinoyatni to‘xtatish imkoniyati borligini tushunishi oqibatida 
ro‘y berishi mumkin hamda shaxs qilmishining yomon oqibatlari kelib 
chiqishining oldini olish imkoniyati mavjudligini tushunib, jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy ravishda qaytishi mumkin – 
jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytish

– shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra qilmishning 
oxiriga yetkazilmasligi – 
tamom bo‘lmagan suiqasd

Tamom bo‘lmagan suiqasd
deganda, aybdor o‘zining jinoiy 
harakatlarini oxirigacha yetkaza olmagani, ko‘zlagan maqsadiga erisha 
olmagani tushuniladi. 
Tamom bo‘lgan suiqasd
bilan tamom bo‘lmagan 
suiqasd orasidagi farq shundaki, birinchisida aybdor mo‘ljallagan barcha 
harakatlarini amalga oshirdim, deb hisoblaydi. 
69 


(Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan suiqasd haqida mazkur tom 
IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ ga 
qarang.) 
Ta’kidlash lozimki, aybdor tashabbusi bilan uzoqqa cho‘zilgan yoki 
davomli jinoyatlar to‘xtatiladigan (masalan, o‘z xohishi bilan aybini 
bo‘yniga olib kelish) yoki jinoyat sodir etilishiga to‘sqinlik qiladigan 
vaziyat yuzaga kelishi (masalan, organlarning aralashuvi) to‘xtatilgan 
jinoyat sifatida baholanadi. Bunday hollarda uzoqqa cho‘zilgan va davomli 
jinoyatlar tamom bo‘lmasdan aynan to‘xtatiladi, chunki vaqt bo‘yicha 
jinoiy harakat davom etuvchi akt bo‘lib, u tamom bo‘lmaydi, lekin davom 
ettirilishi to‘xtatilishi mumkin. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin