qilmishlarning jinoiyligi va jazoga sazovorligining umumiy qoidalari
qonun tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda muayyan holatlarga nisbatan
ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi ham qonunda belgilangan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb
topish va unga nisbatan hukm chiqarish tartibini belgilovchi qonun
Jinoyat-protsessual kodeksidir.
Qonuniylik prinsipining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aybsizlik
prezumpsiyasiga ko‘ra, aybdorligi isbotlangan jinoyatchiga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquq va erkinliklarni cheklash choralari
hali jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchi, hattoki, qamoqda
saqlanayotganda ham mahkumning huquqiy maqomidan farq qiluvchi
huquqiy maqomga ega bo‘ladi, xususan, u saylovlarda qatnashish
huquqiga ega, ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, u sha’ni va qadr-
qimmatini himoya qilish va boshqa huquqlaridan foydalanadi.
Ayblanuvchining konstitutsiyaviy huquqlarini barcha cheklashlar faqat
zarur hollardagina qonun asosida qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsning huquq va
majburiyatlari faqat qonun bilan tartibga solinib, bu jinoyat huquqidagi
qonuniylik prinsipining yakunlovchi bosqichidir.
Shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uning huquqiy
maqomining o‘zgarishiga olib keladigan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xususan, aybdor deb topilgan shaxsning ba’zi bir huquqlari
cheklanishi bilan birga unga ayrim qo‘shimcha majburiyatlar ham
yuklatiladi. Huquqiy holatdagi bu o‘zgarishlar mahkumga jazo tayinlashda
yoki ayblanuvchiga boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda (tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralari, shartli hukm qilish va boshqalar) namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, ayblanuvchining huquqiy maqomini cheklovchi u yoki bu
choralar faqat qonunga (JK, JPK) asoslanadi, boshqa qonunosti aktlar
inobatga olinmaydi.
Ushbu talablar
Dostları ilə paylaş: