120
- o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish
qobiliyati;
- o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga
uning nazari bilan
qaray olishi;
- avvalgi voqyealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish
qobiliyati;
- o’zining o’quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga
intilishi.
Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning
asosiy tuzilishi tariqasida
quyidagilar keltiriladi;
- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati;
- xarakterining psixologik xususiyatlari;
- bilish faoliyati;
- o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy
taraqqiyoti,
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri
va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta’limning
samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa,
shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta
ko’rsatish zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning
sifat jihatidan o’z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana
shu talablarga mos kelish
yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday o’qituvchi tayyorgarligini
ko’rsatib beradi.
Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik
faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga
121
moyil, oqibat natijada esa pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan
kishilargina erisha
oladi.
Dostları ilə paylaş: