91
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror
qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo
ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi.
Tovar tamoyili bo‘yicha
tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga
ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga
xos tomonlarini
doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar ishchilari o‘z
majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas,
boshqaruv
apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish
katta xarajatlar talab qiladi.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z tovarini
xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli
bozorlarning sotib olish
xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga
ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati
bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.
Dostları ilə paylaş: