80
II BOB. KASBGA OʻQITISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
2.1. Oʻqitishning rivojlanish tarixi
Kasbiy psixologiya 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan
sohasida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. 2-jahon urushidan buyon
psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi
muvaffaqiyatlarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining
soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani
Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan.
1
Hozirgi davrda kasbiy psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - oʻquv
maskanidagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini
ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu xil yangi ta’lim dasturiga oʻtish
munosabati
bilan bogʻliqdir. Kasbiy ta’lim psixologiyasi shu bilan birga oʻquvchilar
shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning oʻquvchilarga
koʻrsatadigan
ta’sirini
oʻrganadi
hamda
oʻquvchilarning
oʻz-oʻzini
tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Sрuningdek, kasbga
oʻqitishning asosida oʻqituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlari
ham oʻrganiladi. Bunda oʻqituvchining ta’lim–tarbiya ishlaridagi yutuqlarni
ta’minlovchi sifatlariga urgu berish bilan birga, uning bilim, koʻnikma, malaka
va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining
psixologik jarayonlari
aniqlanadi. Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega boʻlib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy
tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va
psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada
tuplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi,
rivojlanishi, oʻzgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Ta’lim va tarbiya bilan bogʻliq dastlabki pedagogik-psixolgik
mazmundagi asarlar XIX asrning boshlarida vujudga kelgan boʻlishiga qaramay,
uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor
topish yuli ancha murakkab
kechgandir. Oʻtmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini,
muayyan ilmiy yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar-da, biroq allomalarning
qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning namoyon boʻlishi, inson kamoloti
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 1-bet.
81
borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan,
Abu Nasr Forobiy pedagogik faoliyat masalalarini va ular bilan bogʻliq boʻlgan
psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama
yaxlit va oʻzaro oʻzviy bogʻliq boʻlgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy
mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini
hal etuvchi omil deb biladi, uningcha
inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugʻilishda mavjud, lekin aqliy bilimi,
ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari,
ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga
keladi, inson oʻz faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi.
Uning
aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli boʻladi, deb ta’kidlaydi.
Oʻqituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy:
―Oʻqituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi va oʻquvchilarga
aytmoqchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur‖,
―Oʻqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oʻxshaydi,
shu sababli oʻqituvchi eshitgan va koʻrganlarining barchasini eslab qolishi, aql-
farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi, oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan
fikrlarini toʻla va aniq ifodalab berishni bilmogʻi lozim. Shu bilan birga oʻz or-
nomusini qadrlashi, adolatli boʻlishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning
yuksak darajasiga ega boʻladi va baxt choʻqqisiga
erishadi , deb ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: