81
idishning o‘rtasiga ikki mix bilan parchinlab mahkamlanadi. Choydishning
qopqog‘i ko‘pincha shabaka, ya’ni panjarali o‘yma qilib ishlanib, dastasiga
o‘rnatiladi. Dastalari yoy shaklida qayrilgan bo‘lib, pastki uchi tumorcha
“madoxil” shaklida tugaydi. Ba’zi hollarda ilon boshiga o‘xshatib quyilib,
ilonning og‘zi ochiq yoki yopiq holda tasvirlanadi. Qadimgi miskarlarning
aytishicha, ilon boshining tasviri idishni jinlardan saqlaydi. Idishlar dasta
-
siga idishni ishlagan ustaning nomi, ayrim hollarda buyurtma berganning
nomi yozib qo‘yilgan. Choydishlarning yumaloq, yapaloq qorinli “satranj”
va ingichka bo‘g‘izli “isfaxon”lari bo‘lgan.
ko‘za – ariq yoki quduq suvlarini tashishda ishlatiladigan kattaroq idish.
Ko‘za ikki xil: qorni yumaloq, bo‘g‘zi yuqoriga kichrayib ketuvchi hamda
konussimon qorinli bo‘ladi. Suv olib kelish uchun mis Chelak – kashkil
ham ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: