imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablagʻlar summasi berilgan imtiyozlarning
amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan
maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan
mablagʻlar budjetga oʻtkazilishi lozim.
(8-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni
aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashdan ozod
etiladi, bundan ijtimoiy soliq va Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida)
toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno.
(10-q.)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari
Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer
uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan soliq stavkalarini
belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(11-q.)
Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini
toʻlashdan toʻliq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar
mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida toʻlaydi.
(OʻzR
05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism
deb hisoblansin
(12-q.)
Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan
foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda
amalga oshiriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Dostları ilə paylaş: