Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari 
(1-q.)
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha 
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish 
boʻyicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida: 
1) sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat 
soligʻidan ozod qilinadi: 
sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha 
sugʻurta mukofotlari; 
qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi va tantyemalar; 
sugʻurta agenti, sugʻurta va qayta sugʻurta brokeri, syurveyer hamda sugʻurta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, 
assistans xizmatlari va shu singarilar) koʻrsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; 
qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) 
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan 
olinadigan mablagʻlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
qayta sugʻurta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular boʻyicha 
sugʻurta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
bevosita sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar; 
2) sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod 
qilinadi: 
sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni); 
preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar; 
sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan 
mablagʻlar; 
sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu modda qoidalarining qoʻllanilish tartibi yuzasidan, ayrim 
aylanmalarni batafsillashtirgan xolda, tushuntirishlar berishga haqli. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin