66
Suv transporti dengiz va daryo transportiga bo’linadi.
Dengiz transporti jahon transport sistemasining juda muhim tarkibiy qismi bo’lib,
shu transportning rivojlanishi tufayli Dunyo okeani qit’alarini bir-biridan ajratib
turuvchi emas, balki bog’lab turuvchi vositaga aylandi.Jahonda xalqaro tashiladigan
butun yuklarning 62%i, yo’lovchining 0,5%i dengiz transportida tashiladi.
Dengizda yuk tashish 2 xil bo’ladi:
1.Chet mamlakatlarga yuk tashish.
2.Kabotaj (o’z mamlakati portlari orasida).
Kabotaj 2xil bo’ladi:
Katta kabotaj-turli dengizlar orqali yuk tashish.
Kichik kabotaj-bir dengizda yoki yonma-yon dengizda yuk tashish.
Suv transportida tashiladigan yuk evaziga olinadigan kira haqi fraxt
deyiladi.Kemalar har xil yuklarni tashiyveradigan universal
kemalardan va maxsus
kemalardan (yog’och-taxta tashuvchi, konteyner tashuvchi, refrijerator (xolodilnik
qurilmalari o’rnatilgan kemalar), neft va suyultirilgan gaz tashuvchi (tanker), ko’mir
va ruda tashuvchi) iborat.
Dengizda yuk tashishga dengiz savdo floti (DSF) xizmat qiladi,
uning umumiy
tonnaji 400mln.t.dan ortiq.1970 yillar dengiz kemalarining asosiy qismini tankerlar
tashkil etar edi, endilikda tankerlar salmog’i sezilarli kamaygan.Jahon DSFda 160ga
yaqin davlat kemalari mavjud bo’lsa-da, lekin flotning yuk ko’tarish qobiliyati
(tonnaji) jihatidan:
1.Panama (58mln.t.) 6.Yaponiya
2.Liberiya (54) 7.Buyuk Britaniya
3.Gresiya (30) 8.Xitoy
4.Kipr 9.Rossiya
5.Norvegiya 10.AQSH.
DSFda Liberiya va Panama flotining mavjudligiga va etakchi ekanligiga sabab
shuki, aslida iqtisodiy rivojlangan davlatlarning kemalari shu davlatlar bayrog’i
ostida suzadi.Bunga sabab: kema egalarining soliqni kamroq to’lash va
dengizchilarga kamroq maosh berish hisobiga mablag’ni iqtisod qilishi.
Dengizda yuk tashishning ko’payishi faqat flot tonnajining oshishiga bog’liq
bo’lmay (Yaponiyada 1mln.t.), balki portlarning yuk o’tkazish
qobiliyatiga ham
bog’liq.Jahondagi hamma dengiz portlarining umumiy soni 2700 dan ortadi.Lekin
jahon portlari deb ataladigan (yiliga 50mln.t. dan ortiq yuk o’tkazadigan) portlar soni
20 ta. Bularning 11 tasi yiliga 100mln.t.dan ortiq yuk o’tkazadi.
Rivojlangan mamlakatlar uchun universal portlar, rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun maxsus portlar, ya’ni tor ixtisosli portlar (neft, ruda, g’alla) xosdir.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab jahonda kema qatnovida Atlantika
okeani 1-o’rinda turadi.Okean sohillarida 1,5mlrd aholisi bo’lgan 70 mamlakat
joylashgan.Dengizda tashiladigan yukning teng yarmi shu okeandan o’tadi va barcha
dengiz portlarining 2/3qismi shu okean bo’yida joylashgan.
Dengizda yuk tashishda 2-o’rinda Tinch, 3-o’rinda Hind okeani turadi.MDHda
yuk oboroti bo’yicha 1-o’rinda Qora va Azov dengizlari turadi.
67
Jahonda eng yirik dengiz portlari: Rotterdam (bir yo’la 310ta yirik kemani qabul
qiladi, yiliga yuk oboroti 225 mln.t.), Nyu-York, Kobe (Yaponiya), Tiba (Yaponiya),
Iokogama (Yaponiya), Nagoya (Yaponiya), Singapur.
Xalqaro dengiz kanallari-jahon dengiz yo’llarining
eng muhim chorrahalari
hisoblanadi.Masalan: Suvaysh kanali (1869 yil ochilgan).Uzunligi 161 km, eni 120-
150 m, chuqurligi 16m,shlyuzsiz, 150ming t.gacha kemalarni o’tkazadi, sutkasiga
60ta,yiliga 20ming kema o’tadi, yo’l vaqti 15 soat.Yuk aylanmsi 340mln.t. Evropa
bilan Osiyo portlari orasidagi masofani 9ming km ga,2,5-3 marta qisqartiradi.
Suvaysh kanali qazilishi 10 yil davom etgan.Faqat qo’l kuchi bilan va kanal
qazilishida 120000 odam o’lgan.Shuning uchun kanal
qazuvchilar xotirasiga
monument qo’yilgan.
Panama kanali 1914 yil 15 avgustda ochilgan.Kengligi 91,5-150m, chuqurligi
12,5, uzunligi 81,6km.Yiliga 12-15ming kema o’tadi.Yuk oboroti 100mln.t. 1903 yil
Panama Gatun bo’yini AQSHga beradi. 1977 yil AQSH-Panama shartnomasiga
muvofiq kanal Panamaga 31.X11.1999yil qaytarilishi kerak edi.Lekin...
Kill kanali 1887 yil Germaniyada strategik maqsadda qazilgan.Shimoliy va Boltiq
orasidagi masofani 430 km ga qisqartiradi.Uzunligi 95 km,kengligi 102m, chuqurligi
11m, yillik yuk oboroti 50mln.t.
Jahon dengiz bo’g’ozlari: Bobilmandab,
Katta Belt, Bosfor, Gibraltar (sutkasiga
200ta kema o’tadi), Dardanel, Zond, Kara Darvozasi, Kattegat, Koreya,
La-Mansh
(sutkasiga 500 kema o’tadi), Laperuza, Magellan, Malakka, Pa-De-Kale, Skagerrak,
Tayvan, Tatar, Torres, Sugaru, Florida, Eresun.Faqat mazkur bo’g’ozlar yirik dengiz
kemalari uchun “torlik” va “sayozlik” qilib kelmoqda.Masalan: La-Mansh
bo’g’ozining kafolatli chuqurligi 30-35m, Bosforniki 27m, Malakkaniki 25m.
Eng yirik paromlar: Boku-Krasnovodsk (300km), Pusan-Simonoseki (222km),
Fransiya-Buyuk Britaniya va h.k.
Dostları ilə paylaş: