Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari
o ‘tkaziladigan maxsus joy-bargoh hozirlashgan.
Qo‘shinda saralangan o ‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning
qo'riqchilari ham katta rol o‘ynagan.
Shayboniylar
qo‘shini
ham
Chingizxon
va
Amir
Temur
qo‘shinlaridek 10 minglik korpuslar - tumanlarga bo‘lingan. Unga Nuyon
deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar o ‘z navbatida
minglik, yuzlik, o ‘nliklarga bo‘lingan.
Qo‘shinni jangga hozirlash, ularning maoshini to‘lash va boshqa
tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor - tavochi shug‘ullangan. Qo‘shinni
qurol-yarog' bilan ta'minlashga ma'sul bo‘lgan amaldorlar -jevachi bo‘lib,
u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bo‘lgan.
Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik
maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qolgan kiritiladigan oljadan
ham berib turilgan.
Shayboniylar davrida 40 dan ortiq turli soliq va jarimalar mavjud
bo‘lgan. Soliq tolovchi aholi fuqaro (raiyat) deb yuritilgan va ulardan
soliqlardan tashqari jarimalar ham undirib olingan.
Yerdan olinadigan asosiy soliq xiroj bo‘lib, u ishlab chiqarilgan
mahsulotning 5/1 miqdorida pul yoki mahsulot bilan olingan.
Zakot soligl savdogarlar va chorvadorlardan olinib, uning hajmi
40/1 miqorida boigan.
Shahar aholisi hunarmandlar va do‘kondorlar maxsus soliq - tamg‘a
tolaganlar. Yirik boylar va so‘dxo‘rlarga tegishli savdo rastasida
do‘konlami ma'lum haq evaziga ijaraga olib, o ‘z mahsulotlarini sotganligi
uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq tolangan.
Boshqa dingan mansub savdogarlar o ‘z mahsulotlarining 5/1 qismini
juzya soligl tarzida tolaganlar.
Bu davrda yana ixrojot, tog‘ar, ulufa-ko‘nalg‘a, begar, madadi
lashkar, boj, tansuqot, tuxfa va boshqa soliqlar mavjud bo lib, ularning
ko‘pchiligi butun o ‘rta asrlar davriga xos edi. Raiyat soliqlami tolashdan
tashqari turli ishlarga mudofaa inshootlarini, sug‘orish tarmoqlarini tiklash
kabilarga majburan jalb etilgan.
Dostları ilə paylaş: