108
bilan farqlanadi. Jami 150 dan ortiq rusumdagi kombayin turlari ishlab
chiqariladi. Ularning quvvati bo‘yicha nisbati quyidagicha: 125 kVt – 20
%; 126…184 kVt – 38 %; 185…214 kVt – 20 % tashkil etadi. Kombayin
dvigatellarini quvvatini oshirish, bunkerning hajmini (10 m
3
va undan
ko‘p) kattalashtirish va bunkerni bo‘shatish tezligini (0,1 m
3
/s) oshirish
rejalari tuzilmoqda. O‘zbekistonda ishlatilayotgan horijiy don o‘rish
kombayinlarining quvvati 125…200 kVt ni tashkil qiladi, lekin
O‘zbekiston sharoitida etishtirilayotgan don mahsulotlarining hosildorligi
rivojlangan boshqa (Evropa va AQSH) davlatlarga nisbatan ancha past
bo‘lganligi sababli, bu ko‘rsatkich o‘zini oqlamaydi.
XXI asr boshida O‘zbekiston Respublikasiga bir qancha horijiy
qishloq xo‘jaligi mashinalarini olib kelish bilan birgalikda, O‘zbekiston
hdudida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqaruvchi horojiy firmalar bilan
birgalikda qo‘shma korxonalar tashkil qilindiki, ular ishtirokida
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining qayta jihozlash ishlari jadal suratlar
bilan amalga oshirilmoqda.
Amaldagi barcha mashinalarning modellari electron boshqarish
tizimi bilan jihozlangan. Elektron boshqarish tizimi yordamida - dvigatel,
transmissiya, ishchi organlar, mashinani o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash
va bajarilayotgan ishlarning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimlari
bilan jixozlangan. Hatto John Deere firmasining yangi traktorlariga
sputniklar yordamida nazorat qilish tizimlari ham o‘rnatilmoqda, bu tizim
yordamida ishlov berilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinining turiga qarab
bajarilayotgan texnologik opertsiyaning sifat ko‘rsatkichlari nazorat
qilinishi mumkin.
O‘zbekistonning barcha hududlari zamonaviy qishloq xo‘jaligi
mashinalari bilan taminlangan. Qishloq xo‘jaligi mashinalarining turlari
juda ko‘p bo‘lsada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining etishtirish turlari
bo‘yicha ularga ishlov beradigan mashinalar ham jamlanadi. Ularning
turlari ham juda ko‘p.
Dostları ilə paylaş: