22
O‘yinni natijalarini e’lon qilishda o‘yinni
tushinib etish, o‘yin
qatnashchilari
tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinni syujetini taxlil qilishda o‘yinni syujetini
rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o‘yin
qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va
o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish
kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda
murakkab: u nafaqat
bolalarni yosh xususiyatlariga,
ishlash sharoitiga,
balki
bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini
o‘zining maxoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish
pedagogik jarayon
bo‘lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo‘lmaydi.
Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida
o‘ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri taxlil qilishni va
o‘yinni raxbari sifatida o‘zini xulqini baxolashni bilish o‘yinga
raxbarlik qilish
maxoratini takomillashtirishga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat
tizimidagi barcha soha va bosqichlarning
birdan-bir va
yagona maqsadi-insonni to‘g‘ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari
bolalarning yoshiga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning
umumiy maqsadi ko‘zdan qochirilmaydi.
Maktabda boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
jismoniy
tarbiyasida
sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda
tutiladi. Xalq milliy o‘yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari
ko‘proq ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: