Kutiladigan miqdor
- bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha
o‘lchangan qiymatlari.
Chetlanish
- bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija
o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi:
tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil
emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya,
sug‘urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot
izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.
Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning
nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro‘i,
tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari bo‘lib xizmat
qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
117
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Noaniqlik va tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz?
2. Ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar va ular o‘rtasidag farq qanday aniqlanadi?
3. Tavakkalchilikni o‘lchash usullari xususida nimalarni bilasiz?
4. Tavakkalchilikka moyillik, befarqlik va undan qochish xususiyatlari
nimalarga bog‘liq?
5. Ma’naviy tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz?
6. Tavakkalchilikka befarq qaraydigan shaxs qanday xususiyatga ega bo‘ladi?
7. Tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llarini izohlab bering.
8. Asimmetrik axborot qanday oqibatlarga olib keladi?
9. Axborotdagi asimmetriyani yuqotish yo‘llari nimadan iborat?
10. Bozor signallari nimani ifodalaydi?
11. Olib sotarlik va uni iqtisodiyotdagi o‘rni nimadan iborat?
|