176
Bu kabi komplekslar birlashtiriluvchi muassasalarning mansubligiga bog‘liq
ravishda idoralarning o‘quv komlekslariga va yirik korxonlar, ishlab chiqarish
birlashmalarining o‘quv komplekslariga ajratilishi zarur. Idoraviy o‘quv komplekslari
muayyan hudud (viloyat, shahar, tuman)da joylashgan korxonalar, muassasalar
guruhi uchun tegishli ixtisos bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv
muassasalaridan shakllantiriladi. Bu kabi komplekslarga quyidagilar kiradi:
- tanlangan ixtisos bo‘yicha uzluksiz ta’lim olish va eng iqtidorli o‘quvchilarni
tanlab olish imkoniyatini beruvchi bolalar musiqa maktabi, musiqa bilim yurti va
konservatoriyadan iborat madaniyat sohasiga mansub o‘quv kompleksi;
- o‘quv-pedagogika kompleksi, bunda pedagogika oliy o‘quv yurti bazasida
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari birlashtiriladi;
OO‘Yu va ko‘rsatilgan o‘quv muassasalarining birlashtirilishi bo‘lg‘usi pedagog
uchun barcha yoshdagi tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni
o‘qitish jarayonini to‘liq kuzatish va o‘rganish imkoniyatini beradi;
- savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish o‘quv kompleksi, bunda o‘quv kombinati,
kasb-hunar bilim yurti va savdo texnikumi kabi muassasalarni birlashtirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi;
- agrosanoat o‘quv kompleksi, bunda o‘quv xo‘jaligining umumiy bazasida (er
va texnika) o‘quv kombinati, kasb-hunar bilim yurti, texnikum va OO‘Yu kafedrasi
birlashtiriladi. Birlashtirilgan o‘quv komplekslaridagi o‘quv va jamoat binolarining
taxminiy tarkibi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilinadi:
Dostları ilə paylaş: