deyd ilarJ>>,
— deb
yozadi.
4. Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g‘oyalari
Bobur o‘z qisqa hayoti davomida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-
ma’rifiy hayotning juda ko‘p muammolariga yechim topishga harakat qildi.
Uning ilmiy dunyoqarashi mashhur
«Boburnoma»
asarida bayon etildi.
Bu asar o'zining har jih a td an m ukam m alligi, turli sohalarga oid
tadqiqotlarning mahsuli ekanligi, juda ko‘p fanlarga oid bebaho material-
larga boyligi bilan ilmiy jamoatchilikning hayrat va tahsiniga sazovor bo‘ldi,
shu bilan birga, tariximizni bilish, o'zligimizni anglash uchun bebaho
manba sifatida ham ahamiyatlidir. U nda adabiyotshunoslik, manbashu-
noslik, jug‘rofiya, tilshunoslikka oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid
g‘oyalar va qarashlar mujassamlashgan. Bu asarni mutolaa qilar ekanmiz,
undan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan o'zgarishlami
tahlil qilish, ulardan xulosalar qilish va qilayotgan ishlarimizda foydalanish
uchun fikrlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslariga
(ishlab chiqarish, uning insoniyat hayotidagi ahamiyati) oid, savdo va
tijoratga borlik ilmiy qarashlar bizni to ‘lqinlantiradi.
«Boburnoma» uzoq yillar «Buyuk ipak yo‘li» bo‘ylab qilingan sayohat
va kuzatishlar tasviri berilgan asardir. Bu yo‘ldan qancha-qancha
savdogarlar, tojirlar (tijoratchilar, do‘kondorlar) o ‘z mollarini dunyoning
turli mintaqalari va mamlakatlariga yetkazib berganlar. Ular o‘z ishlari
bilan savdo — iqtisodiy faoliyatnigina emas, ayni chog‘da, xalqlar o'rtasida
do‘stlik, tinchlik va o ‘zaro manfaatdorlik rishtalarini ham bog'laganlar.
M a’lumotlarga qaraganda, hatto urushlar, o ‘zaro kelishmovchiliklar hukm
surayotgan davrlarda ham savdogar-tijoratchilarning mol-mulkini talash,
bosqinchilik qilish, ziyon yetkazish qattiq qoralangan. Agar moziyga nazar
solinsa, o ‘sha davrlarda davlatlar, xonlar, podshohlar urush-janjallari,
asosan, qulay savdo yo‘llari, bozorlari, dunyo bozorlariga chiqish maqsad-
larida olib borilgan. Buyuk Amir Tem ur va uning munosib vorisi bo‘lgan
1 O 'sha asar, 69 —bet.
73
Bobur ham mamlakatlar, xalqlar o ‘rtasida halol savdo-sotiq hamkorlik,
tinchlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun kurashganlar.
«Boburnoma»da asar muallifining o ‘zi tug'ilib o ‘sgan yurt, Vatani,
uning tabiiy, iqtisodiy, m a’naviy resurslari, ajoyib mehnatkash, yaratuvchi
xaiqi to‘g‘risida to‘lqinlanib yozgan satrlarini hayajonsiz o‘qish qiyin. Mana
uning jonajon Andijoni haqidagi fikri: «... Farg‘ona viloyatining poytaxtidur.
Oshligi vofur, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lar. Qovun
mahalida poliz boshida qovun sotmoq, rasm em as...1»; Qobul haqida:
«Hindiston bila Xurosonga vosita bu viloyatdur. Biser yaxshi savodxondir.
Savdogarlar Xitoyga va Rumga borsalar, ushmuncha — o‘q savdo qi]g‘aylar...
Quyi Hindistondir, o ‘n -o ‘n besh-yigirma ming uyluq, karvon Qobulga
kelur... Xuroson va Iraq, Rum va Chin matoi Qobulda topilur... Nayshakami
kelturub, ekturub edim. Chilg‘o ‘zani Nijrovdin keltururlar2». Yoki
Samarqand to ‘g‘risida shunday yozadi: «Samarqand shahri ajab orasta
shahardur, bu shaharda bir xususiyat borkim, o ‘zga kam shaharda andoq
bo‘lg‘ay. H ar xirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut
emastur, tovar rasmedur. Xo‘p nonvoliqlari va oshpazliklari bordur. Olamda
yaxshi qog‘oz Sam arqanddan chiqar. Juvozi qog'ozlar suyi tom om
Konigildin keladur...3»
Yuqoridagi fikrlaming ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, ularda
iqtisodiy fikrlar, qarashlar ifodalangan b o ‘lsa, ikkinchidan, ularda
Boburning yaratuvchilik, ishlab chiqarishga qiziqishlari bayon etilgandir.
Moddiy ne’matlaming uzoq-uzoqlarga yetib borishi va m ashhur bo‘lib
ketishi o ‘sha davr iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining natijasi bo‘lsa, boshqa
tom ondan, ular savdogarlarning olijanob xizmatlari tufaylidir. «Bobur-
noma»da bir yurt mollarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi,
aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ulaming ahamiyati maroq bilan hikoya
qilinadi.
Bobur savdo-sotiqning xalqlar o ‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda
chuqur tushunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda
talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga
shaxsan o ‘zi ham qat’iy qarshi chiqadi. Bunga misol qilib quyidagi so‘zlami
keltirish mumkin: «Kalotga yetganda, qalin Hinduston savdogarikim,
Kabotga savdo qilgali kelgan ekandurlar, qocha olmadilar, cherik eli alar
ustiga — o‘q yetib bordi. Aksar birin bo‘ldilarkim shundoq yog‘iylik mahalida
1 Zahriddin M uhammad Bobur. Boburnoma, Т., 1989, 5—6 —betlar
2
O'sha asar, 117 —118 —betlar.
’ О ‘sha asar, 46 — bet.
74
yog‘iy viloyatiga kelatug‘onlarni talamoq kerak, men rozi bo‘lmadim,
savdogarlarning ne gunohi bor...1 ».
O'zgalar mulkiga hiyonat qilmaslik, ularning mulkini muqaddas bilish,
el-yurt farovonligi yo‘lida tinib-tinchimay ishlayotgan odamlami qadrlash,
ulami himoya qilish kabi umumbashariy qadriyatlar Boburga bobosi Amir
Temurdan meros b o ‘lib kelgan. Otasining ana shunday olijanob xislatini
eslab quyidagilarni yozgan edi: «Adolatla shu martabada edikim, Xitoy
karvoni kelaturg‘onda, Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘laming tubida
ming uylik karvonni qor bostikim, ikki kishi kuturdi. Xabar topib
muxassillar yiborib, karvonning jam i’ jihotini zabt qildi. Har chandonkim,
vorisi hozir yo‘q edi, bovujudi ehtiyot saqlab, bir-ikki yildan so‘ngra
Samarqand va Xurosondan vorislarini tilab kelturib, mollarini solim
topshirdi2».
Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o ‘rganish, uning iqtisodiyotga oid
qarashlarini tadqiq etish navbatdagi dolzarb vazifalardan biridir. Biz
yuqorida keltirgan fikrlar ushbu ezgu ishdagi dastlabki harakat mahsulidir.
«Qur’oni karim» va islom shariati qoidalari asosida soliq haqida ta’limot—
Islomdagi farzlardan biri — zakotdir. U soliq m a’nosida qo‘llaniladi. Zakot
pul va savdo yig'imi turlarida to ‘langan. Bobur g‘oyat adolatli, insonparvar
inson bo‘lganligidan uning soliq haqidagi qarashlari ham umuminsoniyat
qadriyatlarini aks ettirgan. U soliqni hisoblash uchun soliq mavzusining
«hisobi»ni hisoblash, ya’ni mol-mulkning soliq solishga layoqatli miqdorini
aniqlash zarur, deb bilgan. Soliq hosilga, ya’ni olinayotgan daromadga
qarab belgilangan.
Bobur iqtisodiy ta’limotida «xiroj», ya’ni yer solig‘i masalasi alohida
o ‘rin tutadi. U yer solig‘ini ikki toifaga bo‘ladi, ya’ni «muqassam va
muvazzar».
Dostları ilə paylaş: |