Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum-
lashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga
nisbatan birmuncha keng qoilaniladi. Undan odatda,
nazariy
materiallar hamda murakkab masalalami o‘rganishda foydalani-
ladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin
unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati
ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining
ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bogiiq boiadi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon
qilish metodi sanalib, uning o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: qat’iy
mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlaming
ko‘p!igi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi
mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar,
jarayonlar,
ulaming sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil
etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinfiardagina
qoilaniladi. Chuuki u butun dars jarayonini qajnrab olishi mumkin.
Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib
borishidan vujudga keladi va bir vaqtda o‘quvchilami qisqacha
yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari’
quyidagilardan iborat:
- o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza
rejasining
tuzilishi;
- rejadan o‘quvchilami xabardor etish, ulami ma’ruza
mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada aks etgan barcha bandlaming mantiqiylik va ketma-
ketlikda bayon etilishi;
- rejaning har bir bandi yoritilgach,
ular yuzasidan qisqacha
uxnumlashma asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasi-
dagi mantiqiy aloqalaming o‘matilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb
etishi;
1 Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. - Москва, Владос, 2002. - с. 491.
155
- jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan
foydalanish;
- auditoriya, muloqot jarayoni,
shuningdek, o‘quvchilaming
aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib
berilishi;
- ma’ruzaning asosiy qismlarini o‘quvchilar tomonidan qayd
etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish
tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o‘rinlami oldindan ajratib qo‘yish;
- o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va
ulaming mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar
(namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani
seminar, amaliy mashg'ulotlar bilan uyg‘unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali
metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: