Standartni joriy etishning zarurligi rahbar va pedagog kadr-
laming kasbiy salohiyatini oshirish, malaka oshirish tizimini xalqaro
darajaga olib chiqish, o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualarni
yangi mazmun bilan boyitish, o‘quv
jarayonini demokratik va
gumanistik tamoyillar asosida takomillashtirish zaruriyatlari bilan
shartlanadi.
Ushbu standart rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va
qayta tayyorlash tizimining maqsad hamda vazifalarini hisobga
olgan, ta’lim oluvchilaming ehtiyojini qondirish va o‘quv-tarbiya
jarayonini demokratlashtirishni ko‘zda tutgan holda yaratilgan.
Mazkur standart rahbar va pedagog
shaxsini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va vosita-
larini takomillashtirish maqsadini nazarda tutadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning
mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan
talablami joriy etish quyi-
dagilarga yordam beradi:
1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi muassasalarining
turlari va ulardagi
ta’lim shakllarining xilma-xilligi sharoitida
ta’limiy makon yaxlitligini ta’minlashga;
2. Ta’lim oluvchilaming o‘zlari
ustida ishlashga va bilim
hamda mahorat saviyalarini oshirishga boigan motivlami (o‘quv
materiallari tushunarliligini oshirish, o‘quv yuklamasini me’yor-
lashtirish, tinglovchilaming tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
natijaviy talablar va baholash mezonlarini anglash) shakllantirishga;
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdagi taiimning samara-
dorligini ta’lim oluvchilardagi bilim va kasbiy mahorat saviyasining
natijaviy ko‘rsatkichlari orqali baholashga;
4. Tinglovchilardagi boshlangich bilim, ko‘nikma
va malaka
saviyasidan kelib chiqqan holda taiimning differensiallashgan va
individuallashgan shakllarini joriy etishga.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning maz
muni hamda sifatiga qo‘yiladigan o‘quv rejalari va dasturlarini,
shuningdek malaka oshirish ta’lim muassasalarining o‘quv
jara-
yonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular
faoliyatini attestatsiyadan oikazish tartib-qoidalarini tartibga soladi-
gan boshqa hujjatlami ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
57