0 ‘quv melmati o‘quvchilaming ilmiy bilimlar hamda turli
fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish
hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga
yo ‘ naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat harakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga
xizmat keng
yo‘lga qo‘yilmoqda. 0 ‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilaming ijtimoiy va
o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ulaming o‘zlari tomonidan
amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. 0 ‘quvchilaming nav-
batchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim
shaklidir.
Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning
mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va shirkat
xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat -
o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
0 ‘quvchilar hozirgi davrda ,,Kamolot“
yoshlar ijtimoiy
harakati faoliyatida ishtirok etadilar, dorivor o'simliklar, urug‘iami
yig‘ish, maktab binolarini ta’minlashda qatnashmoqdalar, fermer,
shirkat va jamoa xo‘jaIiklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda
ishtirok etmoqdalar.
Ayni vaqtda juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik
mavjud. Korxona va xo'jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy
yondashuv asosida mehnat tarbiyasini tashkil etishga ko’mak-
lashmoqdalar. 0 ‘quvchilar ishlab chiqarish subyektlarining iqtiso-
diy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ulami turli kasblami
egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchiIarni mehnatga psixologik va amaliy
jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y
berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga
nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga
muhim ijtimoiy burch sifatida cjarash, ma’lum faoliyatni bajarishda
mas’uliyatni
his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek,
mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda
tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy
qobiliyatini to'liq namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni
293
ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni
olib borish shular
jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy
ishlar tizimida amalga oshirilib, ulaming har biri quyidagi
vazifalami hal etishga yordam beradi:
- o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati,
mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanhgining anglab
yetilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat
uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakl
lantirish va hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka
egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida
qonun doirasida olib
borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quwatlashga yo‘naltirilgan
ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab
etmoqda.
Melmat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv
dasturlari, ta’lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi.
Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha
yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni о‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan
davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar
mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas,
balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan
layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat
tarbiyasida an’anaviy metodlami emas,
balki bilim olishning faol
metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotehilik hamda
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qoilashni
nazarda tutadi. Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot
metodlari,
konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish,
mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini
izlab topish, ijodiy topshiriqlami to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek,
tanlovlar, yoshlaming ijodiy ko‘rgazmalami tashkil etish ham eng
samarali metodlardan sanaladi.
294
Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari
o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu
shunday shakl va metodlar
bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch
baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy
bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu
esa, o‘z navbatida, mehnat ta’limi mazmunini ham takomillash-
tiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika
va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni
hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi
lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish,
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini
yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: