emas, balki uyda amalda to’liq va ongli faol ishingizga aylanishi kerak
Laboratoriya ishlarining tafsifida qo’yidagilar beriladi: birinchidan, o’rganilayotgan ishda
uchraydigan hodisalar haqida qisqacha ma’lumot , ikkinchidan, ishda kerak bo’lgan asboblar
haqida ma’lumot, uchinchidan laboratoriya ishini amalga oshirish usulining tafsifi, to’rtinchidan
dasturiy ta’minotlarning ishlash imkoniyatlarini o’rganish, beshinchidan olingan natijalarga
ishlov berish usullari va barcha laboratoriya ishlar uchun umumiy bo’lgan qo’yidagi konkret
etaplar ketma-ketligini tarkibida saqlaydi, ya’ni:
1. Bajariladigan ishning maqsadini aniq ifodalab beradi;
2. Ishda qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlarning tahlili;
3. Laboratoriya ishlarini o’tgazishga oldindan tayyorgarlik, berilgan ishda qo’llaniladigan amaliy
dasturni aniqlash,qo’yilgan masala ketma-ketligini aniqlash va ularni ifodalab berish, dastur
formatlarini aniqlash;
4. Natijalarni aniq yozish, shartlarni qayd etish, olinishi kerak bo’lgan qiymatlarni yoki ro’y
berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni yo’qotish uchun dastur imkoniyatlarini chamalab ko’rish,
olinaligan natijalarning ishonchlilik darajasini aniqlash;
5. Natijalarga dasturiy ishlov berish va xatoliklarni yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash; 6.
Ishlash ketma-ketliklarini tizimlashtirish va natijalarni umumlashtirish, jadvallar tuzish, grafiklar
chizish, xulosalarni aniq ifoda qilish, ish haqida xisobotlar yozish;
Multimedia texnologiyalari fanini o’tilishi jarayonida talaba multimedia texnika va
texnologiyalaridan foydalanish, dasturlarida ishlashni o’rganadi. Bu ko’rsatmada “Multimedia
texnologiyalari” fanidan asosiy laboratoriya ishlarini bajarish uchun Microsoft Power Point va
Macromedia Flash MX dasturlarida amalga oshiriladigan ishlarning ketma-ketliklari aniq
misollar asosida tushuntirilgan.
Talaba laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qo’yidagi bilim, malaka va ko’nikmalarga ega
bo’ladi:
1. Microsoft Power Point dasturi haqida asosiy tushunchalar
2. Microsoft Power Point dasturida ishlash ko’nikmasi
3. Microsoft Power Point dasturining boshqa dasturlar bilan ishlashi
4. Microsoft Power Point dasturida prezentasiyalarni yaratish
5. Macromedia Flash MX dasturining ishlash imkoniyatlari
6. Macromedia Flash MX dasturining oynalari
7. Macromedia Flash MX dasturining asosiy panellari
8. Ulead Videostudio 11 dasturida ovoz va videolar bilan ishlash
9. Ulead Videostudio 11 dasturida videoeffektlar va matnlar bilan ishlash
49
Dostları ilə paylaş: