41
chiqadilar. Har bir mezon (kriteriya) uchun mos tarzda muhim bo’lgan
koeffitsient belgilanadi, bu koeffitsient ekspertlarga aytilmaydi. So’ngra har
bir mezon bo’yicha javoblar variantlari tuziladi, variantlardan eng muhimlari
qaysiligi yana ekspertlarga bildirilmaydi. Ekspertlar baholanayotgan loyiha
to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim hamda loyihani
ekspertiza qila turib, qo’yilgan savollarni tahlil qilishlari, shuningdek, javob
variantlaridan birini tanlashlari lozim. Ekspertlar tomonidan to’ldirilgan savol
varaqlari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilgan kompyuter dasturlari
orqali tekshirib chiqiladi hamda olib borilgan ekspertizaning javoblari
chiqariladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, ekspert loyihani shaxsiy
tajribasidan kelib chiqib baholaydi.
Tadqiqot jarayonimizda “ZIYO” kichik korxonasi misolida risklarning
foydaga ta’siri tahlili o’tkazildi.
Dostları ilə paylaş: