7 – savol:
Mediator (noxun) bilan qanday cholg`u asboblari chalinadi?
A) g`ijjak. B) dutor. C) doira. D) rubob.
8 – savol:
Yakkaxon qo`shiqchini kim deb ataymiz?
A) Yozuvchi. B) shoir. C) solist xonanda. D) cholg`uchi.
9 – savol:
Musiqani kim yaratadi?
A) shoir. B) rassom. C) bastakor. D) sozanda.
Bu kabi savollar bilan o`quvchilarga murojaat qilinsa sinfda jonlanish
seziladi, muhokama – munozara qilish imkoniyati yuzaga keladi. Javob bergan
o`quvchining javobini esa to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini o`quvchilarning
o`zlari tekshirib baholashlari uni yanada jonli, qiziqarli o`tishini ta`minlaydi.
Darsning musiqa savodi faoliyati samarali bo`lishida o`qituvchi milliy
cholg`ular, magnitafon, rasmlardan tashkil topgan ko`rgazmali qurollardan,
notalar yozuvi, cho`zimlar, pauzalar, dinamik belgilar, alteratsiya belgilari, temp,
dirijyorlik qoidalari aks ettirilgan ko`rgazmalardan foydalanishi, berilayotgan
topshiriqlarni o`quvchilar oson bajarishlari va xotirasida mustahkam o`rnashib
qolishlariga yordam beradi.
61
“Chigil yozdi” usuli.
Bu usul (texnologiya) darsning oxirgi qismlarida qo`llansa, 40 – 45
minut bir joyda o`tirib, harakatsiz bo`lgan o`quvchilarni jonlantirib, kayfiyatini
ko`taradi. Sinf o`quvchilari qatorlarga bo`linib musobaqa uyushtiradi.
- Har bir qatordan chiqqan o`quvchilar chalingan kuyga mos raqs tushib
berishlari kerak. Kuy repertuari shunday tuzilgan bo`lishi kerakki, ular usul
sur`ati jihatidan farq qiluvchi, iloji bo`lsa har xil millat musiqalari bo`lishi lozim.
Bunda o`quvchilarning topqirligi mustaqil ravishda musiqani ichki hissiyot bilan
qabul qilishlari, qolaversa boshqa xalqlar musiqasi bilan tanisha borishlari
mumkin bo`ladi. Eng asosiysi bu usul o`quvchilarda psixologik turg`unlikni
o`sishi, kayfiyatini ko`tarib, musiqa darslariga e`tiborini kuchaytiradi.
|