MDH davlatlariga Jahon gaz zaxiralarining uchdan biri to’g’ri keladi. 1992- yilda kapitalistik mamlakatlarda 1285 mlrd.m3 gaz qazib olingan. Shu jumladan, AQShda-510 mlrd. m3, Kanadada - 110 mlrd. m3, Niderlandiyada - 75 mlrd. m3, GFRda - 15 mlrd. m3tabiiy gaz qazib olingan. 1993-yilda Rossiya hududida 640 mlrd.m3f Turkmanistonda 88 mlrd. m3, 0’zbekistonda 45 mlrd. m3, Ukrainada 25 mlrd.m3 gaz qazib olingan. Dunyoda gaz qazib olish bo’yicha birinchi nlikka kiruvchi davlatlar quyidagilar: Rossiya, AQSh, Kanada, Turkmaniston, Niderlandiya, Angliya, 0’zbekiston, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni. Ko’mir sanoati. Tekshirilgan zaxiralari 75 trillion tonna deb hisoblanadi. Yer yuzasida ko’mir zaxiralari, neft zaxiralariga qaraganda ancha ko’p. Lekin bu zahiralar yer yuzasida notekis joylashgan. Kapitalistik davlatlar orasida ko’mir zaxiralari va uni qazib chiqarish jihatidan, AQSh (1993 yil 945 mln.t), GFR (435 mln. t), Buyuk Britaniya (90 mln. t) alohida ajralib turadi. Dunyoda 1950-1990- yillarda kmir qazib olish darajasi pasaymadi, balki yillar sayin o’sib bormoqda. Kmir sanoati jahon energetikasida muhim tarmoq bo lib kelmoqda. Yer yuzasida tekshirilgan kmir zaxiralarining 40 foizi, qazib olinadigan ko’miming 60 foizga yaqini sobiq MDH mamlakatlariga tg’ri keladi. Kmir qazib oluvchi asosiy mamlakatlarga Xitoy (1 mlrd. tdan ortiq), Rossiya (400 mln. t), Ukraina (165 mln. t), Qozog’iston (165 mln. t), Chexiya (106 mln. t) kiradi. Energetika sanoati. Elektroenergiya eng zamonaviy va universal energiya turi blib, uni jahon energetikasidagi salmog’i tobora o’sib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektroenergiya ishlab chiqarmaydigan birorta davlat dunyoda yo'q. Lekin, elektrlashtirish darajasi bo’yicha mamlakatlar bir-biridan keskin