qisqarishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan - shu sababga ко’га uzoq bo'lsa-da, muqobil manbalarni izlash hisobidan yagona noyob manbaga qaramlikni susaytirishga intilish namoyon bladi, bu esa uzoqlikning kuchayishiga olib keladi (masalan, Yaponiyaga Braziliya rudasining import qilinishi). Yuk tashishlar ishonchliligini oshirishga moyillik namoyon bo’lishining yana bir ko’rinishi - jahon miqyosidagi transport kommunikatsiyalarni takrorlash - Suvaysh va Panama kanallariga parallel ravishda katta quwatli neft quvurlarini yotqizish, sayyoraning «notinch» (barqaror blmagan) nuqtalarini aylanib o’tish. 0 ’rta Sharqda tankerlarning Eron tomonidan nazorat qilinadigan 0 ’rmuz bo’qozidan o’tishi zaruratidan qochish uchun Saudiya Arabistonida Qizil dengizdagi Yanbo bandargohigacha Transarab neft quvuri yotqizilgan; Qizil dengiz va Suvaysh kanalini chetlab o’tish uchun Sudandan Kamerungacha Transafrika neft quvurini tkazish bo ylcha loyiha mavjud. Bunday tendentsiyalar resurslardan erkin foydalanishga, transport tarmoqlarini birlashtirishga intilishda namoyon bladi. Masalan, G’arbiy Yevropada quvurlaming janubiy va shimoliy tizimlarini tutashtirish, ushbu mintaqada gaz quvuri «xalqasini» yaratish, La-Mansh bo’g’ozi ostida Evrotonnel ochish. Yuk massasi takomillashib borgani sayin yuk tashish sifati omillari jahon konteyner tizimi shakllanishida namoyon bo’lib, ular butun transport jarayonini tubdan o’zgartiradi. Konteynerlaming dengiz orqali almashinuvi yiliga 80 mln. donani tashkil etmoqda; ularda barcha asosiy (donabay) yuklarning 60 foizdan ortig’i tashilmoqda. Mazkur jarayonning aniq namoyon bo’lishi transport aloqalari ishonchliligi ortishi va transport aloqalarining kafolatlanganligi bilan zich aloqada,