253
aniqlash talab qilinadi. Mavjud bo‘lish va harakat detektorlari ko‘pincha Dopler
hodisasi asosida amalga oshiriladi. Amalda barcha O‘YuCh va ulьtratovush
detektorlari shu tamoyil asosida ishlaydi. Shuni qayd qilish lozimki, Dopler
datchiklari mavjud bo‘lish detektorlari emas, balki harakat detektorlari bo‘lib
hisoblanadi, chunki faqatgina harakatlanayotgan obyektlarga reaksiya ko‘rsatadi.
Endi ular qanday ishlashini tushuntiramiz.
5.1- rasm. O‘YuCh mavjud bo‘lish detektori: A – Dopler chastotasini o‘lchash
uchun sxema; B – ostona detektoriga ega bo‘lgan sxema
Antenna
f
0
chastota bilan nurlatadi, bu chastota λ
0
to‘lqin uzunligi bilan
belgilanadi:
f
0
=
(5.1)
bunda - yorug‘lik tezligi.
Agar obyekt antennaga qarab harakatlansa yoki undan uzoqlashsa,
qaytarilgan nurning chastotasi o‘zgaradi. Obyekt antennadan
v
tezlik bilan
harakatlanganda qaytarilgan signalning chastotasi kamayadi, obyekt antennaga
yaqinlashganda esa – ortadi. Bu hodisa
Dostları ilə paylaş: