2- amaliy mashg'ulot
Mavzu; LOK -BO'YOQ MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHNING
TEXNOLOGIK JARAYONLARI
Bino va inshootlarni pardozlashda ishlatiladigan lok-bo‘yoqlar maxsus zavodlarda
ishlab chiqariladi (6.1-rasm) va u qurilish ashyolarining chidamliligini oshirishda,
tasviriy chiroy berishda, sanitariya-gigienasiga doir sharoit yaratishda,
changlanish, ifloslanish, namlanishdan va tashki shovkindan saklashda katta
ahamiyat kasb etadi. Pardozbob ashyolar kuyosh nurida o‘z jilosini, rangini
yo‘qotmasligi, nam, kor va yomg‘ir ta'sirida ko‘chib ketmasligi kerak. Uzok
muddatga chidamliligini ta'minlashda pardozbob lok-bo‘yoqlarni asos bilan
mustahkam yopishish choralarini ko‘rish kerak. Bo‘yoq kompozitsiya ko‘p yoki
bir tarkibli bo‘ladi. Asosga (yog‘och, beton, qorishma, tosh va h.k.) surtilgan
bo‘yoq mustahkam yopishgan parda katlami sifatida qotadi. Bo‘yoqlar, asosan
bog‘lovchi, erituvchi, pigment va kukun to‘ldirgichlardan tashqil topgan.
Pardozbob lok-bo‘yoq turlari va rang hillari hozirgi kunda 350 dan oshib ketdi.
Bo‘yoqlar, asosan bog‘lovchi, erituvchi, pigment va kukun to‘ldirgichlardan
[Vvedite tekst] 147 tashqil topgan.Bo‘yoqlar kuyidagi guruhlarga bo‘linadi: moyli,
emal, suv emulsiyasi va boshka elimli bo‘yoqlar, hamda silikat va tarkibli
bo‘yoqlar. Badiiy bo‘yoqlar (moy, elim va b. asosida) alohida guruhni tashqil
etiladi. Maxsus bo‘yoqlar (yorug‘lik tarkatuvchi, haroratni sezadigan va b.) ning
ahamiyati oshib bormokda. Alkidlar olish texnologiyasi
Ilgari kurganimizdek, alkid polimerlarini kup sonli dastlabki moddalardan
olish mumkin, bu uz navbatida, texnologik jarayonni olib borish usulini tanlashga
katta ta'sir kiladi.
Modifitsirlash uchun ozod birasosli kislotalardan foydalanishda jarayon ikki
asosiy
boskichdan
iborat
buladi:
polieterifikatsiya
va
belgilangan
konsentratsiyadagi eritmani tayyorlash . Parchalanmagan usimlik moylari bilan
modifitsirlashda yana bir boskich – usimlik moyi pereeterifikatsiyasi (kayta
efirlanish) kushiladi.
Polieterifikatsiya reaksiyasini ikki xil usulda utkazish mumkin: blok va
azeotrop, Blok usulida jarayon erituvchisiz boradi va reaksion suvni xaydash
yukori xaroratda reaksion massani intensiv aralashtirish xisobiga boradi. Azeotrop
usulda polieterifikatsiya 2-3% ksilol ishtirokida olib boriladi. Ksilol suv bilan
kaynash xarorati 95
o
S-li azeotrop aralashma xosil kiladi. SHunday kilib, reaksion
suv ksilol bilan azeotrop aralashma kurinishida blok usulidan kura pastrok
xaroratda massadan xaydab chikariladi.
Rasm 2. Induksion kizdirgichli va ichki zmeevikli reaktor:
1-induksion galtaklar; 2-kojux; 3-lopast aralashtiruvchi; 4-ichki zmeevik.
|