138
yuzining bir tomoni, mayin tukli lablari aniq ko‘rinardi. “Muqaddam, – deb
o‘yladi u qizdan ko‘z uzmay. – Anvarning kuyib yurganicha bor ekan” . U ko‘p
qizlarirni ko‘rgan, ammo bunaqa jozibador qizni uchratmagandi. Yuragi gupillab
ura
boshlaganini sezib, boshini ko‘tardi. Qiz karavot g‘irchillaganini eshitib,
buriidi. – Uyg‘ondingizmi? – Qiz jilmayganida uzun, qayrilma kipriklari tutashib
yana ham chiroyli bo‘lib ketdi. “Farishtaday ekan...” – Alimardon ham beiixtiyor
jilmaydi. – Siz Muqaddamxonsiz-a? – u yana nimadir deyish kerakligini o‘ylab
so‘radi. – Anvar ketdimi? – Men kelsam, ketgan ekanlar, – dedi Muqaddam yana
shprislarni olib. – Ishga ketgan bo‘lsalar kerak... “ Kelganiga ancha bo‘lgan ekan-
da...” – Alimardon nima uchun quvonayotganini o‘zi bilmasa ham qizdan ko‘z
uzolmay qoldi. Muqaddam flakondagi dorini shprisga tortib oldi-da, ignasini
yuqoriga ko‘tardi. Igna uchidan tizillab dori otildi. – Bilagingizni chiqaring... –
dedi u Alimardonga qaramay. Alimardon uning uyalayotganini sezib turardi. –
Qo‘rqaman-da, – u ataylab ko‘rpaga burkanib oldi. Ko‘rpa tagidan mo‘ralab
qaradi-yu, Muqaddasning qizarib ketganini, o‘zini jiddiy tutishga urinayotganini
payqadi. – Bo‘ling! – Muqaddam hamon igna uchidan otilayotgan doridan ko‘z
uzmay, quruqqina ohista buyurdi. – Chang qo‘nsa,
shprislami boshqatdan
qaynatishga to‘g‘ri keladi. Alimardon hamon undan ko‘z uzmay, ko‘ylagining
yengini shimardi. – O‘lib qolsam, o‘zingiz javob berasiz! U ukolning og‘rig‘ini
sezmadi ham. Tepasida engashib turgan Muqaddamga tikilib yotaverdi.
Muqaddam avaylab dori yuborar, qollari bilinar-bilinmas titrar, Alimardonning
emas, o‘zining joni og‘riyotganday labining bir burchini qimtib turardi.
Alimardon uning oppoq yuzidan ko‘z uzolmas, xalatining ochiq yoqasidan
ko‘rinayotgan bo‘ynidagi xoli ham, qunduzday qoshlari ham yuragini o‘rtar edi. –
Mana, bo‘ldi. – Muqaddam igna og‘zini spirtli paxta bilan artib jilmaydi. –
Shunga qo‘rqib o‘tiribsiz... U sekin-sekin
stol oldiga yurib bordi-da, ignani
chiqarib sterilizator qopqog‘iga tashladi. Alimardon uning har bir harakatini
diqqat bilan kuzatar, miyasi g‘uvillab ketgan, chalkash tuyg‘ular ichida
to‘lqinlanar edi. Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguncha
u bir qarorga
keldi-yu, chaqirdi: – Nima qilib qo‘ydingiz... – dedi hayajondan ovozi titrab. –
Hamma yog‘im olov bo‘lib yonib ketyapti-ku! – Nima? – Muqaddam cho‘chib
o‘girildi. Uning chehrasida qo‘rquv bor edi. – Ishonmasangiz peshanamni ushlab
ko‘ring! Muqaddam shoshilib kelib uning peshanasiga kaftini bosdi. U endi
gapirishga og‘iz juftlagan edi, Alimardon bo‘ynidan mahkam quchdi-yu, siltab
pastga tortdi, lablaridan, yuzidan o‘pa boshladi.
Muqaddam bir lahza gangib
qoldi. U o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, Alimardonning og‘ushida talpinar, ammo chiqib
ketolmas edi. Qiziq, shuncha oylardan beri Anvardan kutib yurgan keskin
harakatlami Alimardon qilar, bu ayyor yigitni urib yuborishini ham, indamasligini
139
ham bilmasdi. Ammo Anvarni eslashi bilan siltanib qaddini rostladi-da,
Alimardonning yuziga tarsaki tushirdi.
– Uyatsiz! – U ko‘z o‘ngini to‘sgan yosh pardasidan hech nimani ko‘rolmay,
tusmollab stol yoniga bordi. Shosha-pisha sterilizatorni yig‘ishtirayotganida orqa
tomondan Alimardonning bo‘g‘iq ovozi keldi. – Kechiring... Muqaddam yoshli
ko‘zlari bilan unga qaradi. Alimardon karavotda ma’yus bosh egib o ‘tirardi. –
Kechiring, Muqaddam, – dedi u bo‘g‘iq ohangda.
Keyin unga tik qarab turib
ta’kidladi: – Meni, ifloslik qilyapti, demang. Siz baribir meniki bo‘lasiz!
Muqaddam ko‘ksini toshirib yuborayotgan yig‘idan bo‘g‘ilib, tashqariga otildi.
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilganidan keyin, Alimardon o‘zini yostiqqa
tashladi. Vijdonining tub- tubida yengil bir azob uyg‘ondi. “Yaxshi bo‘lmadi... –
U shiftga bir lahza tikilib yotdi-da, o‘ziga tasalli berdi. – Nima bo‘pti?!
Qizlar
ham mard yigitlarni yaxshi ko‘radi. O‘sha lattadan kam joyim bormi?!” ...Shu
kuni tushda Iqbol xola osh olib kelganda Alimardon u bilan sovuqqina
salomlashdi. Anvarni so‘ramadi ham...
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada
har bir akademguruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar
yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni
o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali
materiallar va axborotlar
multimedia qurulmalari yordamida uzatiladi. Darslarda mavzu mohiyatidan kelib
chiqqan holda “Suhbat” metodi, “Aqliy hujum”, “Blits- so‘rov”, “Tushunchalar
izohi”, “FSMU”, “Klaster” kabi interfaol metodlar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: