b)
“l” vokallashadi:
hi(w)- hill (tepalik), mi(w)k- milk (sut)
31
.
Sotsiolingvistikada ijtimoiy variantivlikdan tashqari, erkak va ayol
nutqiga xos variativlik ham mavjud. Masalan, yapon tilida erkak va
ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi (bu o‘rinda
barcha tillarda mavjud bo‘lgan gender xususiyatlari emas, aynan erkak va ayol
nutqining variantlari nazarda tutilgan – Sh. Usmanova). Erkakning
“ayolcha” gapirishi yoki aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi jiddiy kulgili
holatlarni keltirib chiqaradi. Yapon tilidagi erkak va ayol variantlarining farqi til
tizimining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi.
Fonemalar va ularning moslashuvidagina bir xillik mavjud bo‘lib, ularning
urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniqsa, grammatika va
leksika sathida ikki variantning bir -biridan ajralishi ko‘proq kuzatiladi.
Masalan,
1-shaxs
va
2-shaxs
kishilik
olmoshlari
misolida
(3-shaxsda alohida farq kuzatilmaydi) , faqat 1-shaxsning eng takallufli
vatakusi
shakli erkak va ayollar tomonidan birday qo‘llaniladi.
Erkaklar, asosan,
boku
(odatda),
ore
(betakalluf) va
vasi
(betakalluf,
hozir eskirgan); ayollar –
atasi
(betakalluf) va
atakusi
(takallufli,
eskirib borayotgan) kishilik olmoshlarini ishlatis hadi.
Vatasi
olmoshi
erkaklar tomonidan ham, ayollar tomonidan ham q o‘llaniladi, biroq
ayollar uchun standart, erkaklar uchun takallufli (
vatakusi
ga nisbatan),
shuningdek, katta yoshdagilarga xos olmosh sanaladi.
29
Labov W. The social stratification of English in New York City. - Washington, 1966.
30
Лабов У. О механизме языковых изменений // Новое в лингвистике. Вып. 7. Социолингвистика. -М.,
1975. –C. 50.
31
http://en.wikipedia.org/wiki/Received_Pronunciation.
42
Grammatik farqliliklar orasida gap oxirida keladigan modal-
ekspressiv yuklamalar ko‘proq ajralib turadi. Yapon tili iltimos,
murojaat, tasdiq va h.k. ma’nolarni hamda so‘zlovchining u yoki bu
turdagi
hissiyotlarini
ifodalagan
yuklamalarga
boyligi
bilan
xarakterlanadi. Bunday yuklamalarni boshqa t ilga tarjima qilish o‘ta
qiyinchilik tug‘diradi. Erkaklar nutqiga:
dzo
,
dze
,
na:
,
ya:
, ayollar
nutqiga:
va
,
no
,
ma:
,
kasira
,
ara
yuklamalari xosdir. Har ikkala
variantdagi yuklamalar chekka hududlarga k o‘ra ham farqlanishi
mumkin. Ayrim yuklamalar ma’nosiga ko‘ra farqlanadi:
yo
yuklamasi
erkaklarda betakalluf, ayollarda esa takallufli q o‘llaniladi. Bunday
turdagi farqlar kic hik yoshdan boshlab shakllanadi
32
.
Boshqa grammatik farqliliklar hurmat shakllarini q o‘llashda
namoyon bo‘ladi. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, atoqli otlardagi
-kun
betakalluf qo‘shimchasini faqat erkaklargina qo‘llay olishlari mumkin;
ayollar bunday vaziyatlarda
-san
(hurmat darajasiga ko‘ra erkak
variantda takalluf, ayol variantda neytrallik ifodalaydi) qo‘shimchasidan
foydalanadilar.
Qayd qilingan barcha farqlar so‘zlashuv tiliga tegishli bo‘lib, yozuvda,
shuningdek, og‘zaki-kitobiy matnlar (teleyangiliklar yoki ma’ruzalar)da
yozuvchining yoki so‘zlovchining jinsi u qadar aniq namoyon bo‘lmaydi.
Gender tushunchasi erkak va ayollarning psixologik, ijtimoiy va madaniy
о‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutadi.
Insoniyatning uzoq yillik evolutsiyasi jarayonida bu ikki qarama-qarshi jins
о‘ziga xos bо‘lgan umumiylik hamda farqlarga ega bо‘lib bordi. Natijada ayol va
erkakni bir-biridan farqlovchi va umumlashtiruvchi xususiyatlar tizimi shakllandi.
Gender erkaklar va ayollar aynanligi va xulq-atvordagi tafovutni nazarda tutadi.
Til vositalarini gender jihatidan tahlil qilish keyingi yillarda tilshunoslikda
amalga oshirilgan va oshirilayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Yevropa
tilshunosligida bir qator ishlar amalga oshirilgan bо‘lib, erkak va ayollar nutqida
uchraydigan murojaatlarning farqli holatlari kо‘rsatib о‘tilgan. Xususan, rus
tilshunosligida ham bu borada yetarli darajada ishlar olib borilgan bо‘lib, rus
erkak va ayollari nutqidagi barcha vositalar tahlil qilingan. Har bir millat о‘zining
mental tabiatidan kelib chiqib muloqot jarayonida til vositalarini turlicha
qо‘llaydi. О‘zbeklar nutqida qо‘llaniladigan til vositalari, ya’ni murojaat shakllari
boshqa xalqlarnikidan farq qilib, unda о‘zbekona madaniyat aks etib turadi. Shu
32
Танака Акио. Буммацу, ку:мацу-но хё:гэн то гохо: (Выражение и форма конца предложения) //
Нихонго-нихон-бунка (Японский язык и японская культура). – № 6. Осака, 1977. – C. 57.
43
bilan birga, ayollar va erkaklar nutqida ham bu vositalarning qо‘llanishida farqlar
kuzatiladi.
Rus tilshunosi A. V. Krilina o‘zining “Ilmiy ishlarda genderning tadqiq
etilishi” mavzusidagi tadqiqotlarida gender tilshunoslik xususiyatlarini atroflicha
o‘rgangan. Unga ko‘ra, gender tadqiqoti bir necha metodologik prinsiplarda
o‘rganiladi. Ular o‘z navbatida ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh gumanitar
fanlardagi umumiy gender yondashuv bo‘lib, lingvistika, psixologiya,
sotsiologiya va boshqa gumanitar fanlar uchun umumiydir.
Sotsiolingvistikada “gender” tushunchasi “biologik jins” tushunchasidan
farqlanuvchi ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Buning asosida jamiyatda erkak va
ayollarga xos bo‘lgan xususiyatlar negizida shakllangan “ijtimoiy jins”
tushunchasi yotadi. Boshqacha aytganda, gender tadqiqotlarda uzoq vaqt
davomida odamlar dunyoqarashida shakllangan, jamiyat tomonidan qabul
qilingan erkaklik va ayollik (maskulinnost va feminizm)ka xos axloq me’yorlari
tushuniladi. Ana shunday axloq me’yorlari ichida muloqot xulqi masalasi
markaziy masalalardan biri bo‘lganligi bois genderologik muammolarni lingvistik
aspektda o‘rganish zarurati tug‘ildi.
XX asr boshlaridayoq bir qator tadqiqotchilar biologik jins va
kommunikatsiya
o‘rtasidagi munosabatni aniqlashga kirishgan edilar.
70- yillarning o‘rtalarida bir guruh ruhshunoslar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi
kommunikativ farqlarni aniqlashga va shu asosda dolzarb ijtimoiy muammolarni
hal qilishga gender nuqtayi nazaridan yondasha boshladilar. Ruhshunoslardan
keyin tilshunoslar shaxsning gender jihatlari til tizimida, nutq faoliyatida,
kommunikatsiya xususiyatlarida namoyon bo‘lishini aniqladilar. Bu esa erkak va
ayol
nutqi
orasidagi
farqlarni
tadqiq
etuvchi
yangi
bir
yo‘nalish
sotsiolingvistikaning shakllanishiga yo‘l ochib berdi.
Tilshunoslikda
gender
parametrlarning
qo‘llanishini
tadqiq
etish
tilshunoslikning ayol yoki erkaklarga xos konstruktiv tamoyillarini o‘rganishda
ham muhim ekanligi o‘z isbotini topdi. Tilshunoslikda genderologik
tadqiqotlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad ayol va erkak nutqiga xos bo‘lgan,
har ikkala jins vakillariga xos uslubda voqealangan yozma yoki og‘zaki matnlarni
farqlash ko‘rinishidagi “lisoniy asimmetriya” hodisasining turlari va sabablarini
aniqlashdir.
Nemis tilshunosi Fris Mautner o‘z kuzatishlarida tildagi mavjud gender
tavofutlar erkak va ayollarning nutqiy faoliyatlarida ajralib turuvchi bir qator
jihatlarga bog‘liq ekanligini antik teatr an’analariga bog‘lab talqin qiladi.
Tarixdan ma’lumki, ilgari antik teatrlarda ayollar roli erkaklar tomonidan ijro
etilgan va shu tariqa o‘ziga xos bo‘lgan “erkaklar tili” va “ayollar tili” yuzaga
kelgan. Keyinchalik esa ayollar tilining o‘ziga xosligi teatrdan tashqarida, turli
44
jamoat joylarida ham saqlanib qolgan. Bu XVIII-XIX asrlarda turli joylarda fikr
ifodalashda, munosabat bildirish va baholashda, til birliklaridan foydalanishda
erkak va ayollarning huquqlari teng bo‘lmaganligi bilan ham bog‘liq. Bunday
qarash amerikalik Edvard Sepir tadqiqotlarida ham ta’kidlanadi. Sepir erkak va
ayol nutqidagi jinsiy tavofutlar yechimini til birliklari vositasida namoyon
bo‘luvchi ijtimoiy tenglik mezonlaridan axtaradi.
Daniyalik tilshunos Otto Yespersen esa e’tiborini erkaklar va ayollarning
tildagi mavjud birliklardan foydalanishiga, ularning so‘z qo‘llashda o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlashga qaratdi. U o‘z tadqiqotlarida ayollarning nutqiy
vaziyatdan kelib chiqib ko‘proq hissiyotga berilishiga, shuning uchun
evfemizmlardan ko‘proq, ba’zan esa imkonsiz qolganda vulgarizmlardan
foydalanishga majbur bo‘lishga moyilligini ko‘rsatib beradi.
V. V. Potapov til va gender munosabatlari muammosini, shuningdek, ayol
va erkak nutqini o‘rganish borasida lingvistik tadqiqotlarni quyidagi asosiy
yo‘nalishlarga ajratish mumkin, deb hisoblaydi:
– ayollar va erkaklarning idroki, ongidagi tilning fonetika, morfologiya,
semantika va sintaksis kabi sathlar bo‘yicha tafovutlarni aniqlash;
– ayol va erkak nutqining ijtimoiy genezisiga bo‘lgan yondashuv, ya’ni
jamiyatdagi ijtimoiy vazifalarning qayta taqsimlanish xususiyatlari bilan
izohlanuvchi semantik tafovutlarni aniqlash;
– ayollar va erkaklar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda, ayol va erkaklar tilini tadqiq qiluvchi lingvistik nazariyalarni ishlab
chiqish;
– aniqlangan ko‘rsatkichlarni kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan
tushuntirib berish. Bu yerda nafaqat tafovutlarning takrorlanish darajasini, balki
dunyo manzarasining turli jihatlari bilan aloqalarini aniqlash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ma’lumki, og‘zaki so‘zlashuv nutqidan tortib yozma matnlargacha gender
jihatdan farqlanadi. Matnlar tuzilishi tekshirilganda, ayollar va erkaklar nutqining
fonetik, leksik-frazeologik, grammatik, stilistik va boshqa turdagi farqlari yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |