149
Xeliseralilarning tanasi odatda boshko’krak va qorindan iborat. Boshko’krak
bosh va ko’krak qismlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Unda 6 juft, ba’zan 7
juft oyoqlar joylashgan. Qorin bo’limida oyoqlar o’zgarib ketgan, yoki butunlay
rivojlanmagan.
Antenula va bosh qism (akron)ning yo’qligi bilan xeliseralilar boshqa
bo’g’imoyoqlilardan farq qiladi.
Boshko’krakning birinchi juftoyoqlari oziqni maydalash va ezish vazifasini
bajaradigan xeliseraga, ikkinchi jufti esa sezish ba’zan tutish vazifasini bajaradigan
pedipalpalarga aylangan. Xeliseralilar 70000 dan ziyod turlarni o’z ichiga oladi.
Ilmiy maqsad:
Xelitseralilar kenja tipiga kiruvchi o‘rgimchaksimonlar
sinfining anatomo-morfologik va biologik va ekologik xususiyatlari va ularning
tibbiyotda, veterinariyada va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad:
Hayvonot dunyosini xilma-hilligi haqida ma’lumot
berish orqali, o‘quvchilarga tabiatni asrash va avaylash tuyg‘ularini o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad.
O‘quvchilarni darslik va qo‘shimcha testlar bilan
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini oshirish.
Jihozlar:
O‘rgimchaksimonlar sinfi vakillarini aks ettiruvchi jadvallar, xo‘l
va quruq preparatlar, mikropreparatlar, mikroskop.
Dostları ilə paylaş: