54
Atmosfera havosini azot oksidlari, ozon, uchuvchi organik birikmalar bilan ifloslanish
darajasi Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida sanitariya-gigienik mehyorlardan ortiqligi saqlanib
qolmoqda [82; 120]. Bunday holatlarni oldini olish uchun sanoat korxonalari atrofida sanitariya-
himoya zonalarini tashkil etish zarur. Bu zonalarda o‘simliklarni turli chang va zararli
birikmalarni o‘zida ushlab qolish xususiyatlarini ehtiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Farg‘ona vodiysida
ichimlik
suvlarining
kimyoviy
tarkibiga
ko‘ra sifat
ko‘rsatkichlarining salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatilmoqda. Masalan, Isfara va So‘x er osti
suvlari xosil bo‘lish zonalarida er osti suvlarining ifloslanishi yuz bermoqda. Ularda er osti
suvlarining minerallashish ko‘rsatkichi 1,5 g/l dan 2,3 g/l gacha o‘sgan. Er osti suvlari qishloq
xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq holda, minerallashish ko‘rsatkichi 1,4-1,7 g/l gacha va qattiqligi
17,2 mg-ekv/l gacha ortishi kuzatiladi [83; 78].
SHunday qilib, Farg‘ona vodiysi aholisida uzoq yillar davomida shakllangan tabiatdan
foydalanish madaniyatining unutilishi va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish
landshaftlarda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
CHo‘l landshaftlari Markaziy Farg‘ona sinklinalidagi turli yoshdagi, genezisdagi
hamda morfologiyadagi yoyilmalar, qumliklar, Sirdaryo terrasalaridagi tekisliklarda rivojlangan
[74]. Vodiyning geografik o‘rni, uning Evrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi
hamda quyosh radiatsiyasi, er yuzasining tuzilishi va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq holda
unda issiq, quruq va uzoq yoz, yumshoq va qisqa qish, yoinlar, asosan, bahor va qish vaqtida
bo‘ladigan subtropik iqlimning kontinental tipi shakllangan. Farg‘ona vodiysida yil davomida
quyoshli kunlar ko‘p bo‘lib, viloyatning hamma tumanlarida o‘rta hisobda 2600-2800 soatga
to‘g‘ri keladi. o‘rtacha yillik harorat 13-14
0
, maksimal harorat 46
0
(Beshariq), minimal harorat -
30
0
ga (Quva) teng. Bahorda so‘nggi sovuq tushishining o‘rtacha muddati va ijobiy haroratning
yig‘indisi joyning dengiz sathidan balandligiga ko‘ra o‘zgarib boradi.
Quyosh ufqdan baland ko‘tarilganligi va quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lganligi sababli
viloyat hududi quyosh radiatsiyasini ko‘p oladi. Farg‘onada gorizontal maydonning har sm
2
yil davomida 145 kkall issiqlik qabul qiladi. Uning 58 kkall ga yaqin qismi yozga, 16 kkall
qish oylariga to‘g‘ri keladi. Demak, yozda qishdagiga nisbatan 4 marta ko‘p issiqlik tushadi
[131].
Yillik yoin miqdori 80-200 mm atrofida bo‘ladi. Eng kam yoin (80-100 mm) Qo‘qon-
SHo‘rsuv oraliida kuzatiladi. SHu erdan yoin sharqqa va tog‘larga tomon ortib boradi. Eng ko‘p
yoin Quva va SHohimardonda kuzatiladi. YOin miqdorining asosiy qismi noyabr va mart oylari
oraliiga to‘g‘ri keladi. Yillik yoinning 30-39 % i bahorda, 30-36 % i qish oylarida, 12-14 % i yoz
va 12-18 % i kuz oylarida tushadi [132].
SHamollar rejimi vodiyning orografiyasi va havo oqimlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,
yozda g‘arbdan sharqqa, qishda sharqdan g‘arbga esadi. SHamollarning esish tomoni bunday
o‘zgarib turishiga, qishda vodiyning sharqidagi tog‘larda mahalliy antitsiklonlarni xosil bo‘lishi,
yozda esa vodiyning qizib ketishi natijasida esa bu erda mahalliy past bosim mintaqasini
(termik depressiya) vujudga kelishi sababchidir.
Dekabr, yanvar va fevral oylarida hamma joyda sharqiy shamollar, yahni so‘rish rejimi
hokimlik qiladi. Martda viloyatning g‘arbiy qismida «Qo‘qon» shamoli kuchayib, u aprel va
noyabr oylarida ham hokimlik qiladi. Bu shamol yiliga o‘rta hisobda 53 kun esib turadi. Kuchli
shamollar (15-40 m/s) g‘arbda mart-may, sharqda esa may-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.
Tekisliklarda antropogen omil tahsirida landshaftlarining mikrorelefi, mikroiqlimi, tuproq va
o‘simlik qoplami eng ko‘p o‘zgarishlarga uchragan va turli landshaftlar shakllangan
Dostları ilə paylaş: